USMLE Step 1 – PASS | Asliddin
medcloudAssalomu alaykum. Mening ismim Asliddin. Hozirda TTA da 6 kursda o'qiyman.
USMLE boshlashimga asosiy sabab ma'lumotlar juda ham aniq berilganligi va hayotda qo'llasa bo'lishidir!

Study Preparation
Tayyorgarlik uchun tanaffuslar bilan 3 yil vaqt ketdi. Bu davrda men asosan First Aid, UWorld va Rxdan foydalandim, umuman tushunmagan joylarim uchun YouTube va Googledagi ma'lumotlardan foydalandim.
Tayyorgarlikning 1-yili Medcloudda asosiy ma'lumotlarni olish uchun ketgan bo'lsa, keyingi ikki yil UWorld tahlili uchun sarflandi. Kuniga o'rtacha 6-7 soat dars qilar edim, lekin men uchun har kuni dars qilish qiyin bo'ldi. Gohida 10 soat dars qilsam ertasi kuni 2 soat qila olardim xolos. Shu sababli o'rtacha 6-7 soat dars qilib haftada 1 kun dam olib tayyorgarlikni davom ettirdim.
Study Techniques
O'qish jarayonida ANKI menga ancha yordam berdi, boshlanishiga qog'oz fleshkartalar qilgan bo'lsam keyinchalik ma'lumot ko'paygani sari ish qiyinlashdi shu sababli ANKIni ishlatdim. Shuningdek ma'lumot yodlash uchun mnemonikadan ham faol foydalandim!
UWorldni tugatganimda umumiy foiz 78% edi. Shundan so'ng probniklarni ishladim va ularning natijalari quyidagicha:
NBME 25 - 80%
NBME 26 - 78%
NBME 27 - 82%
NBME 28 - 71%
NBME 29 - 75%
NBME 30 - 65%
UWSA1 - 228
UWSA2 - 228
UWSA3 - 249
Challenges and Overcoming them
Tayyorgarlik jarayonida men uchun doimiylik yetishmadi, bu imtihonga tayyorgarlik uchun muhim omillardan biridir. UWorld tahlilida sifatga emas songa e'tibor berganim xatolarimdan biri bo'ldi, shu sababli UWorldni 3 marta ko'rib chiqishga to'gri keldi bu menga ancha psixologik bosim keltirib chiqardi.
Test Day Experience
Imtihondan bir kun oldin yangi muhitga moslasha olmasligim sababli tomog'im og'rib isitmam chiqdi, lekin shu kuni dori ichib oldim va tushlikda uxlamadim bu kechqurun uyqu bilan bog'liq muammolarni oldini oldi. O'sha kuni free 120 ni ham ishlab chiqdim, ko'pchilikka Free 120ni ishlashni maslahat beraman chunki bu test sizga imtihon muhitini tushunishga yordam beradi.
Imtihon kuni soat 6:00da uyg'ondim. Hotelning oshxonasida ovqatlanib imtihonga yo'l oldim.
Imtihon uchun olgan narsalarim: suv, energetik va protein batonchiklari.
Imtihon soat 8:00da boshlandi, tutorialni o'tkazib yubordim va menda tanaffus uchun 1 soat vaqt paydo bo'ldi. Konsentratsiyani saqlash uchun har blokdan keyin tanaffus oldim, har tanaffusda 1 tadan protein batonchikni yeb, o'zimni tiklab yana testga kirdim. Imtihonga faqat suv olib kirishga ruhsat berishdi. Agar kimdir imtihonni Dubaida topshirmoqchi bo'lsa o'zi bilan sovuq qotganda ustiga kiyishga kiyim olishni maslahat beraman chunki imtihon xonasi nisbatdan sovuq. Bloklarga keladigan bo'lsak 1,2,3 bloklar men uchun qiyin o'tdi, sababi kuchli bosh og'rigi va temperature meni tinch qo'ymadi bunga qo'shimcha ravishda har qaysi blokda 10 talab hajmi katta savollar bor edi, 3-blokdan so'ng dori ichib biroz o'zimga keldim va 4,5,6,7 bloklarni yuqori konsentratsiya bilan ishladim va ularda hajmi katta savollar yo'q edi.
Post-Exam Reflection
Imtihondan so'ng o'tdim degan ishonch bor edi, ammo hajmi katta savollar 100% ishonishga yo'l qo'ymadi. Shu sababli javoblar chiqquncha havotirda yurdim.
Results and Feedback
Imtihon javobi 20 kunda chiqdi. Bu vaqtdagi emotsiyani ta'riflab berish qiyin, shu sababli buni hamma o'zi his qilib ko'rishini tilab qolaman.
Imtihonga tayyorgarlik ko'rayotganlarga maslahatlar:
1) kuniga 5 soatdan kam bo'lmagan holatda necha soat dars qilsangiz ham doimiylikni saqlashni
2) haftasiga bir kun dam olishni
3) UWorlddan nechta savol ko'rsangiz ham sifatli qilib ko'rib, fleshkartalarni vaqtida takrorlashni maslahat beraman
Gratitude
Step 1 ni topshirishimda ruhan, moliyaviy va ilmiy yordam bergan, jumladan ota-onamga, barcha sheriklarimga, Medcloud jamoasiga ustozim Farxod aka,ustozim Rahim aka, Shaxzod akaga va boshqa barcha-barchaga rahmat aytaman.
Hammaga steplarda omad tilab qolaman.
Agar shu hisobotdan foyda olgan bo'lsangiz men xursandman!

Contact information:
Telegram: t.me/Asliddinlm10