USMLE JOURNEY

USMLE JOURNEY

Zayniddin Sayfullayev


Assalamu alaykum.
Mening USMLE sayohatimda juda ko`pchilik steptakerlar hisobotlari va intervyulari menga juda katta foyda bergan, mening bu hisobotim ham kimdirga foydasi tegadi degan umiddaman.

USMLEgacha bo`lgan davr:

O`qishga kirish uchun abituriyentlik davrimda bir necha yil qattiq bosimda tayyorlanganman. Lekin o`qishga kirgandan keyin ta`lim sistemasi men kutganchalik bo`lmaganiga ko`nglim o`qishdan qolib ketgan va 1-kurs oxirida o`qishni tashlab ketishimga juda oz qolgan edi (lekin dux yetmagan). Tibbiyotga qaytishimda Ustozim Elyorbek To`raboyev hissalari katta.

2-3- kurslarda o`zimni majburlab o`qishni boshladim, turli tibbiy kurslarda o`qidim, lekin baribir ular menga kamlik qilar edi.

Shark Science

Hammasi Shark Science farmakologiya kursidan boshlandi va aynan shunda men birinchi marta USMLE haqida bildim. Javohir aka o`sha paytlarda step 1 ga tayyorlanayotgan va USMLE haqida ko`p vloglar qilardilar. Aynan o`sha videolar meni (juda ko`p ADTI talabalari qatori) USMLE tizimi bilan tanishtirgan.

4-kurs boshlanishi oldidan o`qishni bitirguncha qilishim kerak bo`lgan ishlar rejasini tuzayotgandim va o`shanda Sharkga yozgandim maslahat so`rab. Asosiy ikkilanish: o`zbek segmentidagi kurslarda hamma fundamental fanlarni o`qib, keyin tezroq amaliyotga chiqib ketish yoki USMLE boshlash, Javohir aka USMLEni bosishni aytganlar (Ularga shu yozgan gaplarimni hozirgacha saqlab qo`yganman :))

IELTS davri:

Men uchun juda muhim bo`lgan davr, chunki aynan o`sha paytlarda IELTS olgan talabalarga stipendiya berilishi haqida qaror chiqqandi va juda ko`pchilik o`zini ingliz tiliga urgandi. 7 oy davomida asosan self-study qilib tayyorlandim (o`zim pre-ielts darajada edim), aynan shu paytlarda birinchi marta self-study qilish ko`nikmalari paydo bo`la boshladi. 2024-yil yanvar oyida topshirdim, 7,5 chiqdi. Bu natijani kutmagandim va menga bu juda katta dux berdi. Men ham nimadir qila olarkanman degan fikr shakllandi va USMLEni ham topshira olishimga birinchi ishonchlar paydo bo`ldi. Undan tashqari vazir stipendiyasi kurslarim uchun moliyaviy erkinlik berdi.

Bu 7 oy davomida Youtubeda Medcloud kanalidagi juda ko`p USMLE topshirganlar bilan bo`lgan intervyularni ko`rib borardim, va ular ham oddiy talaba, ularda ham intizomda muammolar bo`lganini ko`rish ham menga katta ta`sir qilardi.

Undan tashqari shu davrda, Shark Science microbiology offlayn kurslariga qabul ochildi va bu men uchun real USMLE bilan birinchi kontakt bo`ldi ))

Medcloud davri:

2024-yil fevral oyidan boshlab Medcloud kurslariga qo`shildim. Tahminan 9 oy davomida:
-Embriology
-Gross Anatomy
-Neuro Anatomy
-Physiologyni (deyarli hamma sistemalarniki + ularni farm va patologiya qismlari bilan) tugatdim. Keyinchalik ba`zi sabablar bilan kursdan chiqdim.

-Mustaqil menga eng qiyin bo`lgan fan biochemistry boshladim. Asosiy resurslar:
Second aid, Shark Science, Ninja nerd, Bootcamp, BNB. Tahminan 3 oy vaqtim ketgan shu fanga umumiy olganda.

-Immunology, general pathology uchun- bootcamp, BNB
-General Pharm uchun Shark Science youtubedagi darslari.

UWORLD davri:

2025-yil fevral oyida 1 yillik obuna sotib oldim, lekin hali juda ko`p fanlar chala yoki hatto boshlanmagan edi, maqsadim Uworlddan o`rganish edi. Boshidagi oylarda kuniga 10-15 tadan keys ishlay olardim xolos (full-time tayyorlanayotgan bo`lsam ham), keyinchalik kunlik 20-30 taga chiqdi. UWORLD is the best learning tool. Undagi chiqayotgan score ga qaramasdan har bir keysdan maksimum ko`p narsa o`rganib chiqib ketish kerak. 12 oy davomida ishlab chiqdim, lekin hamma fan tugamagan edi, obunam tugayotganda Uworldga email yozdim cho`zib berishni iltimos qilib (o`qigan hisobotlarimdan o`rgangandim), va 4 soat ichida javob keldi va 30 kunga cho`zib berishdi bepulga.

NBME davri

2026-yil Mart oyigacha Uworld 65-70 % tugagan edi, va menga NBME ishlashni tavsiya qilishdi.
Mart-Aprel oylari:
NBME 26- 78,5%
NBME 30- 68%
NBME 31- 79,5%
NBME 32-75,5%
NBME 33-78,5%
New free 12- 73%

Exam registration:

11-aprel kuni imtihonga to`lov qildim va email keldi

13-aprel kuni Shark tasdiqlab berdilar institut nomidan

18-aprel kuni tasdiqlandiz va permit 3-5 kun ichida keladi degan email keldi

21-aprel kuni permit keldi va imtihonni sanasini belgiladim

EXAM

Imtihonni 7-may kuni Dubayda topshirdim.

Imtihondan bir kun oldin kechasi piyoda yurdim charchash va ertaroq uxlash uchun, lekin baribir hayajon yaxshi uyqu bermadi. Ertalab ukam bilan prometrik markazga ertaroq bordik, o`zim bilan energetiklar, shokolad, bulochkalar oldim 8 soatlik imtihon uchun.
1-3-bloklardan keyin easy pass bo`larkan deb o`ylashni boshlagandim, lekin keyingi bloklar qiyinlashgandek tuyuldi, oxirgi bloklarni esa tezroq tugasin deb avtopilotda ishladim. Juda ko`p etika, social science va risk faktor savollar tushdi, va savollar nbme yoki uworldga o`xshagan emas , deyarli hamma javob to`g`riga o`xshagan weird question-weird answers style edi.

Natija chiqquncha passga ham, failga ham tortgandi fikrlar, lekin shukur juda uzoq kutilgan PASS chiqdi. Ota-onamni xursandchiligi esa qilingan mehnat charchoqlari, siqilishlar, asabiylashishlar, uyqusizliklarni yuvib tashladi.


Shu feelings uchun ham o`qish arziydi aslida.


Xulosa va amaliy maslahatlar:

1) Eng birinchi yozadiganim - ANKI ilovasini ishlatish as soon as possible.
Ielts reading 9 chiqishiga ham, usmle step 1 pass bo`lishiga ham aynan shu sababchi. Yangi informatsiyani doimiy takrorlab turmasa, bu info oqimida esdan chiqib qolishi oson. Men o`zim tayyorlagan anki kartalardan foydalanishni afzal ko`rdim, tayyorlariga nisbatan (janki, anking, mehlman kartalari yoqmadi)

2) It takes longer than you expect. Men 2025-yil avgustda topshiraman derdim, keyin yanvarga surildi, keyin fevral va oxiri baribir mayda topshirdim. Jami 27 oy davomida tayyorlandim. Demotivatsiya bo`lmasdan, maqsad sari har kuni harakat qilaverish kerak.

3) 27 oy davomida har kuni ham bir xil intizom bilan dars qilinmagan, boshlayotganimda men kuniga 1 soat taymer bilan dars qilishga sabrim yetardi xolos, keyinchalik 1 yil davomida kunlik 2-3 soat dars qilishni boshladim, va oxiriga kelib kunlik 4-6 soat atrofida dars qilishni boshladim. Demoqchi bo`lganim, intizom sekin asta quriladi, kuniga 1 soat bo`lsa ham dars qilishni boshlash kerak va vaqt o`tgan sari bu yaxshilanib boradi. Shaxsiy rekordim 10 soat taymer qo`yib dars qilish bo`ldi)

4) Iloji bo`lsa sherik yoki jamoa shakllantirib tayyorlanish kerak, в идеале bitta mentor bo`lishi kerak- shunda ancha vaqtiz kamroq ketadi. Menda sherik va mentor bo`lmaganiga cho`zilib ketdi.

5) self-study qilish yoki kursda o`qish masalasida- boshida kurs kerak baribir, sistemani tushunib olishga, qaysi info high-yield, qaysi qbankdan qachon va qanday foydalanish kerak, qanday Anki qilish kerak- shularni kurs o`rgatadi, o`rganib bo`lgach self-studyni bosish kerak

6) 1 ta yoki 2 ta fandan kurs o`qib olib tibbiyotni chuqur o`rganib bo`lmaydi, tartib bilan hamma fanni klinikaga bog`lab o`qish kerak, shu jihatdan ham USMLE yo`li afzal.

Minnatdorchiliklarim:

-Ota-onam, yaqinlarim, birodarim Asadbekka

- Medclouddagi Farxod aka - tibbiyotni men uchun qayta kashf qilib bergan inson. Qiyin mavzularni oson qilib tushuntirishlari uchun shunchaki respect

- Javohir aka (Shark)- maslahatlarini biror marta ayamaganlari, bu yo`lni borligini bildirganlari va ayniqsa registratsiyadagi katta yordamlari uchun

- Mahmudjon (crest) to`g`ri paytda to`g`ri maslahatlari uchun

-Javohir aka (Ken)- study-plan tuzib berganlari uchun

- Klinikadagi Ustozlarim: Zuhriddin aka va Nodir aka (Namangan SN shifo) - Usmle ma`lumotlari klinikada ham mos kelishini ko`rsatib berganlari uchun

-Medcloud Admini- barcha yordamlari uchun

- Kvartiradoshlarlarim- men bilan birga dars qilishga kutubxonaga chiqqanlari uchun



Vaqt shunchaki telefon o`ynab yursangiz ham yoki nimadir qilsangiz ham o`tadi
dunyoga esa bir marta kelamiz, so why not be the best versions of ourselves in all aspects of life?


Feel free to contact me
Telegram: @Zayniddin_sayfullayev


Report Page