USAID 14-mart Xalqaro matematika kunini barcha mamlakatlar bilan birgalikda nishonlamoqda.

USAID 14-mart Xalqaro matematika kunini barcha mamlakatlar bilan birgalikda nishonlamoqda.

O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi


2022 yil 14-mart kuni tashkil etilgan “1-4-sinflarda matematika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi seminarda USAIDning O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi doirasida matematika faniga oid olib borilayotgan asosiy faoliyat bilan tanishtirildi.

USAID bilan Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 1-4-sinflar uchun Matematika fanidan o‘quv-metodik majmualari “Matematika hammani birlashtiradi” shiori ostida taqdimot etildi.

 USAID o‘zining yordami bilan, O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan maqsadini boshlang‘ich sinflarda Matematika fanini o‘qitishni yaxshilash yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlaydi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ishtirokida Matematika fani bo‘yicha yangi ta’lim standartlari, darslik, o‘qituvchilar uchun qo‘llanma, joylarda o‘tkazilgan dastlabki sinov natijalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, o‘qituvchilarni malakasini oshirish jarayoni haqida fikr almashildi.

USAID 2022-yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekistonning ikki viloyatidagi 1000 ta umumta’lim maktablarida ushbu o‘quv-metodik majmualarni dastlabki sinovdan o‘tkazish orqali o‘z ko‘magini davom ettiradi. Yangi ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar O‘zbekistonda Matematika fanini o‘qitishga yangicha yondashuvni joriy qilinishi va o‘quvchilarning ta’lim olish jarayoni yaxshilanishi uchun asos yaratadi.

Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish hamda o‘qish sifatini oshirish O‘zbekistonning 21-asr malakalariga ega bitiruvchilarni tayyorlash va ularni mustaqil bo‘lish ko‘nikmalrini shakllantirish maqsadini amalga oshirish uchun hissa qo‘shadi.

Dalillarga asoslangan yondashuv orqali matematika fanini o‘qitishdagi USAIDning ko‘magi Xalq ta’limi vazirligining olib borayotgan islohotlariga hissa qo‘shmoqda.

Report Page