URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI FAOLIYATIDAN

URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI FAOLIYATIDAN

Юлдуз Атаджанова
Yangi O‘zbekiston har sohada rivojlanish sari ildam bormoqda! Jannatmakon yurtimizda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga, ularning bilim olishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy ta’lim dargohlari soni sezilarli darajada oshgan.

Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishga yagona yondashuvni shakllantirish, ushbu maktablar tarmog‘ini kengaytirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash hamda ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bir qancha ishlar olib borilmoqda.

Bugungi ma’lumotlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-aprelda qabul qilingan PF-106 son “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil qilingan Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliayatiga bag’ishlanadi. 

2022-2023-o‘quv yilida ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 20 ta sinfda jami 459 nafar o‘quvchi tahsil oldi. Shundan 216 nafarini qizlar, 243 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil qiladi.

 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida jami 44 nafar pedagog faoliyat olib bormoqdalar. Shundan:

35 nafari - oliy,

5 nafari 1-toifali,

2 nafari 2-toifali,

2 nafar mutaxassis pedagoglardir.

1 nafar o‘qituvchi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 

Axmedov G'ulomjon Jumanazarovich - maktab-internat direktori
Yusupov Shuhrat Raximovich - O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
Seytirzayeva Iroda Seyitnazarovna - Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
Masharipov Sardorbek Farxadovich - maktab maslahatchisi
Atajanova Laylo Bobojonovna - maktab psixologi
Kalanadarova Nina Bekbergenovna - oliy toifali biologiya fani o'qituvchisi
Ingliz tili fani o'qituvchisi Vaisova Gulchehra - "Shuhrat" medali sohibi

2022-yilning 16-dekabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori H.Umarova, viloyat hokimi o‘rinbosari S.Salayev, Agentlikning Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayev, agentlik tizimidagi maktab direktorlari hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosining ochilish marosimi
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosining ochilish marosimi

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, biologiya, ximiya, fizika, matematika, ingliz tili, informatika, O‘zbekiston tarixi fanlari chuqur o‘rgatiladi. Ushbu fanlarda o‘quvchilar 2 guruhga bo‘linib, yani, 12 nafardan darslarda o‘qitiladi. O‘qituvchilar har bir darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan samarali foydalangan holda talab darajasida tashkil qilmoqdalar. Ochiq darslar o‘tkazish ham ommalashgan.

Ochiq dars jarayonlari
Ochiq dars jarayonlari
Ochiq dars jarayonlari
Ochiq dars jarayonlari

Ta'lim dargohida 5 ta muhim tashabbus doirasidagi turli to‘garaklar muntazam faoliyat olib bordi.

Sport to‘garaklari
"Mohir qo‘llar" to‘garagi
Maktabda musiqa to‘garagi ham muntazam faoliyat olib boradi

Maktab-internatda har juma kuni “Ertalabki saflanish” o‘tkazilib, saflanishda hafta davomida yutuqqa erishgan o‘quvchilar taqdirlanishi, maktab ichki odob-axloq qoidalari tushuntirib borilishi an’anaga aylangan. 

Ertalabki saflanish
Ertalabki saflanish

 Qisqa davr, ya'ni joriy o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari bir qator yutuq va muvaffaqiyatlarga erishdilar. Jumladan, yuqori sinf o‘quvchilari chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertfikatlarni qo‘lga kiritdilar.

  • Abdaxatova Marjona Zokirjon qizi - IELTS B2 darajasi, 11-sinf;
  • Olimov Shodlik Ozod o‘g‘li - Milliy sertifikat B2 darajasi 11-sinf;
  • Jumanazarova Dinara Fazliddin qizi - Xalqaro Linguaskill B1 darajasi, 10-sinf;
  • Sobirov Sanjarbek - IELTS B2 darajasi, 11-sinf;
  • O‘razmatova Sevinchoy Jasur qizi - IELTS C1 darjasi, SAT 1380 ball, 10-sinf;
  • Ro‘zmetova Maftuna Murod qizi - Milliy sertifikat B2 darajasi, 9-sinf;
  • Xudayberganova Gulmira Xaydar qizi - Milly sertifikat B2 darajasi, 11-sinf;
  • Boltayev Sharafaddin Asqar o‘g‘li - Milliy sertifikat B2 darajasi ,11-sinf;
  • Raxmatullayeva Aziza Davronbekovna - Milliy sertifikat B2 darajasi, IELTSdan C1 (7,5 ball)  11-sinf;
  • Xudayberganova Mashxura Hamza qizi - Milliy sertfikat B2 darajasi, 11-sinf;
  • Atajanov Jasur xamza o‘g‘li - IELTS B2 darajasi, 10-sinf;
  • Raximova Nilufar Baxtiyor qizi - IELTS B2 darajasi, 11-sinf;
  • Rajabboyeva Asalxon - Milliy sertifikat B2 darajasi, 11-sinf;
  • Shuhratov Sirojbek Sardorbek o‘g‘li - Milliy sertifikat B2 darajasi
  • Abdaxatov Zafar Zokirjon o‘g‘li - IELTSdan B2 darajasi.

O‘quv yili davomida maktab-internat o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasida ham qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.

  • Ollanazarov Adham rus tili va adabiyoti fanidan 2-o‘rinni
  • Xayitboyeva Mo‘tabar fizika fanidan 2-o‘rinni egalladi.

Bulardan tashqari, maktab o‘quvchilari turli tanlov va fan olimpiadalarida munosib o‘rinlarni egallashdi.

Jumladan, Agentlik STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida maktab-internatning 10 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

STEM fanlari olimpiadasining viloyat bosqichida g'olib bo'lgan o'quvchilar

Har oy o‘tkazilib kelinayotgan "Viloyat Hokim olimpiadasi"da ham maktab-internat vakillari munosib qatnashib pul yutuqlarini qo‘lga kiritdilar:

  • Sharipov Dilshodbek - matematika fanidan faxrli 2-o‘rin, 2-o‘rin; (4mln+4mln)
  • Qo‘shnazaroav Farida - matematika fanidan faxrli 1-o‘rin, 6-sinf; (5 mln)
  • Abdullayev Nurmuhammad - matematika fanidan faxrli 3-o‘rin 8-sinf; (4 mln)
  • Atajanov Iskandar - matematika fanidan faxrli 2-o‘rin, 3-o'rin, 5-sinf; (4mln +3 mln)
Sharipov Dilshodbek
Qo‘shnazaroav Farida, Abdullayev Nurmuhammad
Atajanov Iskandar

Maktab-internatning faol o'quvchiaridan biri Axmedov Akbarbek 2022-yil 28-oktabrdan 2022-yil 11-noyabrgacha Buyuk Britaninyaning Burlington School maktabi taklifiga binoan tahsil olib keldi.

Axmedov Akbarbek

2022-yil 22-dekabrda ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-03 sinf o‘quvchisi Jumanazarova Dinara “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi sifatida Buyuk Britaniyada 7 kunlik ta’lim olib keldi.

Maktab-internatning 11-sinf o‘quvchisi Yusupova Lolaxon "Vazir sovrini" Respublika ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, " Yosh arxitektor" nominatsiyasi bo‘yicha diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yusupova Lolaxon

“Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish to‘g‘risida” gi PF 106-sonli Farmonning 3-bandiga asosan agentlik maktablarida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 10-va 11-sinf o‘quvchilarga yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish vazifasi belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan maktab-internatning 10-va 11-sinf o‘quvchilari uchun

  • "UzXCMG" mas'uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi qo‘shma korxonaga,
  • "Urganch Baxmal" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga,
  • "Tillo Domor" xususiy korxonasiga,
  • "Darital Shoes" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tanishtiruv va amaliy mashg‘ulotlar uyushtirildi.
"UzXCMG" MChJ
"Urganch Baxmal" MChJ
"Tillo Domor" korxonasi
"Darital Shoes" MChJ

Maktabi-internatda zamon talablariga javob beradigan zamonaviy oshxona qad ko‘tarib, o‘quvchilarga oshxonada 2 mahal ovqat berildi.

Yotoqxona binosi keyingi o‘quv yilidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

maktab oshxonasi

Yosh avlodning bilim va iqtidorini yuzaga chiqarishga yurtimiz kelajagi uchun har tomonlama yetuk shaxslarni yetkazib berishga xizmat qiluvchi, barcha sharoitlarga ega ushbu ixtisoslashtirilgan maktabning maqsadi – o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga hissa qo‘shgan holda vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilsihdan iboratdir.

Umid qilamizki, bu ta’lim maskanida bilimga chanqioq yoshlar, jonkuyar ustozlar qo‘lida ta’lim olib, yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo‘lib yetishadilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar:

"Yosh kitobxon" tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayroig‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
8-mart-Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
"Zakovat" intellektual o‘yini final bosqichi
Navro’z tadbiri jarayonlari
Navro‘z tadbiri jarayonlari
"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri
"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining asosiy maqsadi - mutaxassisilik fanlaridan chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘ladigan va dunyoniong nufuzli oliy o’quv yurtlartiga kira oladigan kelajak o‘quvchilarini, yetakchilarni tayyorlashdir.

Maktab foyesi
Ma’naviyat xonasi
Maktab kutubxonasi
Faollar zali
Fizika xonasi
Biologiya xonasi
Informatika xonasi
Sport zal
Maktab oshxonasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning rasmiy telegram kanali - https://t.me/Urganch_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi - https://t.me/piima_xorazm





Report Page