UNIVERSITETNING PROFESSOR-O‘QITUVCHI TALABALARI ASALARICHILIK FESTIVALIDA FAOL ISHTIROK ETDI

UNIVERSITETNING PROFESSOR-O‘QITUVCHI TALABALARI ASALARICHILIK FESTIVALIDA FAOL ISHTIROK ETDI


Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimining 2025-yil 12-noyabrdagi 01-05/6182-sonli xatiga muvofiq Universitetning Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchi va talabalari “Toyloq asalarichilik festivali”da faol ishtirok etdi. Shu jumladan Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi kafedrasining asalarichilik bo‘yicha mutaxassisi dotsent Otabek Axatkulovich Maxmadiyarov Bugungi kunda asalarilardan olinadigan mahsulotlarning shifobaxshlik xususiyatlari va universitetida amalga oshirilayotgan “Mega loyiha” doirasida yo‘lga qo‘yilgan “Apiterapiyaning ahamiyati” mavzusida mazmunli ma’ruza qildi. Asalarichilik festivalida ishtirok etiyotgan Samarqand asalarichilar uyushmasiga qarashli asalarichilar, asal mahsulotini yetishtiruvchilar, yosh mutaxassislar hamda faol talabalarda asalarichilik sohasida yaxshi ta’surot qoldirdi. 
Festival yakunida Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Adiz Boboyev festival qatnashchilarini qutlab, asalarichilik sohasida jonbozlik ko‘rsatgan hamda tadbirdagi faol ishtiroki uchun Universitetning jamosiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

Report Page