DIQQAT, ONLAYN TANLOV!

DIQQAT, ONLAYN TANLOV!

Historians

▶️ UNDA ISHTIROK ETISH TARTIBI QANDAY?

1️⃣ Joriy yilning 5-aprelidan 9-apreliga qadar 5 KUN DAVOMIDA har kuni IKKI MARTA: soat 12:00 da hamda 19:00 da telegramdagi “O’zbekiston tarixi” kanalida ➡️ t.me/Historians ⬅️ 3 TADAN SAVOL beriladi. Tanlovda har kim individual tarzda ishtirok etadi.
2️⃣ Ushbu savollarga javoblar savol e’lon qilingan kuni - birinchisi SOAT 15:00 GA QADAR, ikkinchisi SOAT 22:00 GA QADAR ➡️ @Maxsus_javob_bot ⬅️da qabul qilinadi. Bitta savolga faqat bir marta javob yo’llash mumkin, javobni tuzatish maqsadida qayta yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi. Belgilangan vaqt - birinchisi uchun soat 15:00 dan va ikkinchisi uchun 22:00 dan keyin yuborilgan javoblar inobatga olinmaydi!
3️⃣ Uchchala savolga ham to’g’ri javoblarni birinchi bo’lib yo’llagan qatnashchi g’olib hisoblanadi va g’oliblar ta’til nihoyasiga yetgach, tantanali ravishda taqdirlanadi. Bunda soat 12:00 dagi hamda 19:00 dagi tanlov g'oliblarining har biriga 2 tadan noyob tarixiy manba sovg'a qilinadi. Tanlovda bir marta g'olib bo'lgan kishi 10-aprelga qadar BOSHQA O'YINLARDA ISHTIROK ETISH HUQUQIGA EGA EMAS. U to'g'ridan-to'g'ri final o'yiniga yo'llanmani qo'lga kiritadi. G'olib bo'lmaganlar esa g'oliblikni qo'lga kiritgunga qadar qatnashishlari mumkin.
4️⃣ 10-APREL KUNI FINAL O'YINI TASHKIL ETILADI. U 5-apreldan 9-aprelga qadar 5 kun davomida HAR KUNI ikki marotaba tashkil etilgan o'yin g'oliblari - 10 NAFAR QATNASHCHI o'rtasida bo'lib o'tadi. Unda I, II hamda III o'rinni egallagan talabalar yana bir marotaba noyob kitoblar bilan taqdirlanadi.


‼️ ESLATMA. Onlayn tanlovda yoʻnalishidan qatʼi nazar bakalavriatning kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlimi talabalari, magistrantlar hamda BARCHA XOHLOVCHILAR ishtirok etishlari mumkin‼️


✅ IMKONIYATNI QO’LDAN BOY BERMANG, KUN DAVOMIDA IKKI IMKONIYATDAN FOYDALANIB, 3️⃣ SAVOLGA 3️⃣ SOAT ICHIDA BIRINCHI BO’LIB JAVOB YO’LLANG VA ONLAYN TANLOVNING G’OLIBIGA AYLANING! 💯

Savollarga to'g'ri javob bering va ushbu sovg'alardan bir nechtasini yutib oling!


Report Page