UMS mobil operatorining 100 foizlik davlat ulushi “Raqamli ishonch” jamg‘armasiga beriladi

UMS mobil operatorining 100 foizlik davlat ulushi “Raqamli ishonch” jamg‘armasiga beriladi


UMS xalqaro tarmoqlarga bevosita kirish huquqini oladi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori e’lon qilindi.


Qarorga muvofiq “Universal Mobile Systems” (UMS) MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga beg‘araz topshiriladi.

2019−2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:

  • operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish;
  • ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
  • O‘zbekiston hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
  • barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash.

Operator 2021 yil 1 dekabrga qadar muddatga telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etildi.

UMSga o‘z tijorat ehtiyojlari uchun xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga shu jumladan, “IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi berildi.


Report Page