UMID
Doktor qoʻlida bir- qancha qog'ozlar bilan eshikdan chiqdi-yu
-Siz Halimovaning opasimisiz - dedi qogʻozlardan koʻzini uzmay.
Bir soatdan beri xavotir olib, u yoq bu yoqqa yurib tinchimayotgan yigirma yoshlardan oshgan, oppoqqina Zuhra
-ha menman, nima bo'ldi? - dedi ranggi oqarib ketgan, xavotirli ohangda
-Mana singlingizning tekshiruv natijalari. Singlingiz endi yura olmaydi. Bu borada bizda hali yetarlicha tajriba yo'q. Chet el bilan gaplashib ko'rishimiz kerak. Siz telefon raqamingizni qoldirib keting Chet elliklar bilan gaplashib sizga xabar qilamiz.
Zuhraning ichiga xil ketdi. Turgan joyida qotib qoldi...
Mana Mahbuba kasalxonadan chiqqaniga bir haftadan ham oshdiki, Mahbuba hech narsa yemay faqatgina to'shakga mixlanib qoldi, xuddi, yuragi urishdan to'xtagan insondek bir nuqtadan koʻzini uzmay yotaveradi. Opasi Zuhra esa singlisining bu holidan o'zini qo'yarga joy topa olmay qo'lidan nima kelsa barini qilib ko'rdi. Bari befoyda, baribir Mahbubada o'zgarish bo'lmadi. Zuhra ba'zida Mahbubaning koʻnglini ko'tarish uchun unga hazillar qilar, qiziq gaplar aytardi, lekin bularga Mahbuba na e'tibor berar na eshitar edi.
Zuhra uni har kuni tashqarini tomosha qilishga taklif qilar mahbuba gapiga ko'nmay
-Boshqalar ham mening o'layotganimni tomosha qilishsinmi? Hammasini eshitdim, men hech qachon tuzalmas ekanman- der va gapini tugatmasdan ham yigʻlab yuborar edi.
- Kim aytdi senga "kasalsan" deb, faqatgina oyoqlaring biroz vaqt yurolmaydi, xolos sen esa o'zingni kasalga solib olgansan- deb singlisini ovutishga urinardi.
Lekin bir kuni Zuhra singlisining qarshiligiga qaramay, uni tashqariga olib chiqdi. Tashqari Mahbubaning ko'ziga, xuddi, o'zi kabi "xunuk" tuyuldi. Haqiqatdan ham shunday edi, ayniqsa Mahbularining chiqqan joyda allaqanday qamishlar yulg'un va ajriqlar bosib ketgan edi. Nogiron, ruhan zaif insonni ham bu yerga chiqaradimi deb hayron boʻlgandirsiz? Bu yerdan boshqa yaxshiroq joy yoʼq edi. Zuhra Mahbubani ozgina bo'lsa ham chalgʻitish uchun "bu yerlarni tozalash, obod qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi" degan edi. "Agarda men yura olganimda edi" qilardim deb battar xoʻrsindi. Shu - shu bo'ldi Mahbuba har doim u yerga chiqib o'tiradigan bo'ldi. U har doim oʻsha "xunuk" joyni koʻrganida o'zini bo'lardi. U yerdagi yovvoyi o'simliklar u joyga xunuklik baxshida qilgan boʻlsa, Mahbuba ham borgan sari o'zining ich-etini yeb borar edi. U keyingi paytlarda juda injiq bo'la boshlagan nima desa har doim oyoqlari ishlamasligini bahona qilar edi. Hatto ovqat yemasligiga ham bahona shu edi. Avvalgi xushchaqchaq, boshqalardan doim ajralib turadigan, opasini "oppoqginam" deb chaqiradigan Mahbubadan hech narsa qolmagan edi. Endi opasiga oppoqgina deyish u yoqda tursin "sen"deb chaqirardi. Go'yo yura olmayotganligiga Zuhra sababchidek, bor alamini undan olardi.
Oʻsha ajriqlar oʻsib yotgan joylab shu yaqin atrofdagi eng yaxshi joy boʻlgani uchun u yerga koʻpchilik kelib ketib, deyarli har doim gavjum boʻlardi. Bir kuni Mahbuba oʻsha joyda o'tirganida uning yoniga bir qoʻlidan ayrilgan, bir qo'li esa kalta boʻlgan yetmishlarga borib qolgan, qari chol kelib u ham atrofni tomosha qila boshladi. Mahbuba achingandek bir qarab qoʻydi-da yana o'zi bilan o'zi boʻlib ketdi. Oradan besh daqiqagacha vaqt o'tib,
- Bu yerlarni bogʻ qilsam, insonlar bu manzaralardan emas, aksincha, undan ham chiroyliroq manzaradan bahra olishadi -deb qoʻydi chol. Mahbuba unga qarab turdida
- Voy "qilsam" deyd-iya siz u yoqda turing hamma yogʻi bus-butunlar qila olmaydi-yu, siz qila olasizmi, koshki edi, qo'lingizdan kelsa, o'zi qo'lingiz yo'q-ku -deb cholni jerkib berdi.
Chol uning gaplariga e'tibor bermay nari ketdi.
Mahbubaga nimadir bo'ldi-yu yana o'sha toʻshakka mixlanib yotib oldi. Bir necha oydan keyin esa Zuhraning "U yerda bog' barpo etilibdi" deb u yoq bu yog'idan o'tib turtkilashi bilan u yana yulgʻun o'sib yotgan o'sha joyga chiqadigan bo'ldi. U bog'ga kirar ekan kiraverishda oʻsha Mahbuba jerkib tashlagan qari cholning surati turar edi. U yoniga "Nogironlik -toʻsiq bo'la olmaydi" degan soʻzlar bor edi. Mahbuba soʻzlarni o'qir ekan entikib ketdi. U bogʻga kiraverishda endi u yer yovvoyi oʻsimliklar va axlatlar boʻlib yotmas, endi u yer insonning koʻzlarini quvontiradigan yashillikka burkangan, ariqlardan suvlar oqib turadigan, har qadamda daraxtlar o'sgan bog' bo'lgandi. Mahbuba bularni ko'rdi-yu, necha oylardan beri jonsiz oyogʻi va sal tegsa sinib ketmoqchi bo'lib turgan jonsarak tanasiga qayerdandir jon kirib beixtiyor yurib bog'ning ichiga kirib ketdi.
Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A"
sinf o‘quvchisi