"ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 3-mavzumining o‘tkazilish tartibi va qoidalari

"ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 3-mavzumining o‘tkazilish tartibi va qoidalari

KHISO olimpiada maktabi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan o‘tkaziladigan “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasi 3-mavsumining qoidalari.

Olimpiadaning onlayn bosqichlari khiso.uz olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

Olimpiadaga @khiso_uz1_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!

Barcha ma’lumotlar va savollardan namunalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.

Olimpiada matematika fanidan yetti bosqichda o‘tkaziladi. Olimpiadaning dastlabki 6 bosqichi onlayn tarzda o‘tkaziladi va qatnashish cheklanmaydi. Ishtirokchilarning onlayn bosqichlarda to‘plagan ballari x+2y+3z+4t+5u+6w formula asosida hisoblanadi hamda unga ko‘ra final (yakuniy) bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. O‘quvchi biror bosqichda qatnasashmasa faqatgina shu bosqich uchun 0 ball qo‘yiladi. Final bosqichida oldingi ballar bekor qilinadi. Finalda umumiy qatnashchilarning (ko‘pi bilan) 10% i qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.  

Baholash mezoni

Barcha bosqichlarda savollar test shaklida bo‘ladi.

Testlar 50% gacha nostandart bo‘lishi mumkin.

Olimpiada matematika fanidan oltita kategoriya bo‘yicha o‘tkaziladi:

1-sinf (A daraja);

2-sinf (B daraja);

3-sinf (C daraja);

4-sinf (D daraja);

5-6 sinf (E daraja);

7-8 sinf (F daraja);

Olimpiadaning onlayn bosqichlari oktabr, noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart oylarining 2-yakshanbasida o‘tkaziladi.

Final bosqichi yozgi maktab shaklida o‘tkaziladi. G‘oliblar hamkor tashkilotlar va homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.






Report Page