"ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 2-mavzumining o‘tkazilish tartibi va qoidalari
KHISO olimpiada maktabiOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladigan “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining qoidalari.
Olimpiadaning onlayn bosqichlari khiso.uz olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.
Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!
Barcha ma’lumotlar va savollardan namunalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.
Olimpiada matematika va fizika fanlaridan (alohida-alohida) olti bosqichda o‘tkaziladi. Olimpiadaning dastlabki 5 bosqichi onlayn tarzda o‘tkaziladi va qatnashish cheklanmaydi. Ishtirokchilarning onlayn bosqichlarda to‘plagan ballari x+2y+3z+4t+5w formula asosida miqdor hisoblanadi hamda unga ko‘ra final (yakuniy) bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. O‘quvchi biror bosqichda qatnasashmasa faqatgina shu bosqich uchun 0 ball qo‘yiladi. Final bosqichida oldingi ballar bekor qilinadi. Finalda umumiy qatnashchilarning (ko‘pi bilan) 10% i qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Onlayn bosqichlarda savollar 20 ta testda iborat bo‘ladi. Har bir bosqichda 10 ta oson (to‘g‘ri yechsa 3 ball, xato yechsa -1 ball, belgilamasa 0 ball), 5 ta o‘rtacha qiyinlikda (to‘g‘ri yechsa 4 ball, xato yechsa -2 ball, belgilamasa 0 ball) va 5 ta murakkab (to‘g‘ri yechsa 6 ball, xato yechsa -3 ball, belgilamasa 0 ball) testlar beriladi hamda maksimal 80 ball to‘plash mumkin.
Testlar 50% gacha nostandart bo‘lishi mumkin.
Matematika: Uchta kategoriya bo‘yicha o‘tkazilib, ular 5-6-7 sinf (A daraja), 8-9 sinf (B daraja) va 10-11 sinf (C daraja).
Fizika: Uchta kategoriya bo‘yicha o‘tkazilib, ular 6-7 sinf (A daraja), 8-9 sinf (B daraja) va 10-11 sinf (C daraja).
Olimpiadaning onlayn bosqichlari noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart oylarining 2-yakshanbasida o‘tkaziladi.
Final bosqichi Mirzo Ulug‘bek tavvalud kuni - 22-martda o‘tkaziladi. G‘oliblar hamkor tashkilotlar va homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tashkil etishi rejalashtirilgan “yozgi maktab – oromgoh”da ishtirok etish huquqi ham beriladi.