ULTRATOVUSHLI QAVISH VA TIKUV USKUNASI

ULTRATOVUSHLI QAVISH VA TIKUV USKUNASI

www.afexuz
www.afex.uz

Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o'rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo'lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o'zining bir qator yengilliklari bilan o'zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o'zaro taqqoslab ko'ramiz.

  1. Iplik qavish uskunasi doimiy nazorat talab etadi va tuzatish xarajatlari yuqori. (Ignalar, servo motor, invertor va boshqalar)
  2. Qavish tezligi past, sarflangan elektr energiyasini inobatga olganda foydali ish koeffitsiyenti yuqori emas.
  3. Qaviladigan mator turi va uning qalinligini doimiy nozorat qilish lozim, aks holda sizga bu xato qimmatga tushishi mumkin.
  4. Uskunaning narx jihatidan qimmatligi
  5. Ishlash jarayonidagi shovqinning meyoridan ortiq bo'lishi

Biz sizga yangicha va zamon talablariga to'la javob beruvchi ultratovushli qavish uskunasini va unga qo'shimcha ravishda ultratovushli tikuv dastgohini taklif qilmoqdamiz. Biz tavsiya qilgan liniya qanday qulayliklarga ega.

  1. Chiqadigan mahsulot tannarxi sezilarni darajada arzonlashadi
  2. Tezlik yuqori bo'lganligi sabab, buyurtmalar o'z vaqtida bajariladi
  3. Qavish maxsus qolip orqali bajarilganligi sababli uskuna uchun sarf xarajatlar birmuncha arzon. Eng muhimi qavish jarayonida umuman ipdan foydalanilmaydi.
  4. Biz sizni xarajatlarizni minimallashtirish maqsadida mahsulotingiz chet qismlarini tikish uchun ultratovushli tikuv uskunasini ham tavsiya qilmoqdamiz. Ushbu uskunada siz boshqa ko'plab ishlarni ham bajarishingiz mumkin.
  5. Sun'iy charm mahsulotlaridan ham foydalanish mumkin
  6. Ko'p marta yuvilganda ham qavish sifati o'zgarmasdan qoladi

Biz sizga tavsiya etagigan qavish uskunasi yordamida siz 2 qavat (mato+sintepon) va 3 qavatli (mato+sintepon+mato) bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqara olasiz. Quyida siz uskuna texnik ko'rsatgichlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

www.afex.uz
Uskunaning ish jarayonida olingan rasm
www.afex.uz
Qavish naqshlaridan na'munalar

Endigina ushbu sohada ish boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarimizda o'z o'zidan ushbu ishni qanday qanday boshlayman, kerakli xomashyolarni qayerdan olaman, ishni boshlash uchun mutahasis bormi degan muammoli savollarizga AFEX-GROUP jamoasi o'z maslahatlarini ayashmaydi va bizda malakali mutaxasislar mavjud. Hozirda bozorlarimizda ommabop bo'lgan mahsulotlarni ya'ni qavilgan ko'rpa mahsulotlari, yostiqlar, ustki kiyimlar, avtomobil o'rindiqlari uchun qoplama mahsulotlar va boshqalar ishlab chiqarish mumkin. Quyida sizlarni e'tiboringiz uchun ayrim mahsulotlardan na'munalar keltiramiz.

www.afex.uz
TAYYOR MAHSULOT KO'RINISHI

Mahsulotingizni chet qismlari uchun siz oddiy tikuv mashinkasidan ham foydalanishingiz mumkin, lekin biz sizga ultratovushli tikuv mashinkasini tavsiya etmoqdamiz. Ushbu uskuna uchun ip zarur emas va mahsulotingiz ko'rinishi ham boshqalarnikidan keskin farqlanadi. Kerakli roliklarni tanlab siz chet qismini har xil gulli naqshli qilib chiqarishingiz ham mumkin. Bunda chastotalar kerakli nuqtaga berilib xuddi payvandlash kabi holat yuz beradi. Bunda Mato+sintepon+mato ko'rinishidagi tayyor mahsulotlarga qulay hamda matoni o'zi uchun ham ishlatsa bo'ladi.

www.afex.uz
www.afex.uz
Ishlatilish sohasidan kelib chiqib roliklar tanlanadi.

Yuqorida sizga taklif qilingan ikki uskuna yordamida siz yurtimiz bozorida xaridorgir bo'lgan ko'plab mahsulotlar chiqarishingiz mumkin. Biz sizning biznesingiz rivoji uchun astoydil harakat qildik, sababi siz bir xil mahsulot bilan cheklanib qolmaysiz va mahsulotlaringiz tannarxi shu kabi mahsulot taklif qiluvchilardan birmuncha arzonga tushadi hamda sizda raqobatchilar hozircha kam. O'ylaymizki bugun sizlarga taklif qilgan biznesimiz ma'qul keldi.

NARXLAR JADVALI

www.afex.uz

Eslatma! Yuqorida keltirilgan narxlar 22.06.2019 sanadagi narxlarga muvofiq 

ko'rsatilgan va QQS narxlar ichiga kiritilmagan. Narxlar o'zgarishi mumkin.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, 

tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov 

kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini ko'rsatilgan narxlarda Toshkentdagi "AFEX-GROUP" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskunalarni xaridor bilan kelishilgan holda Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Murojaat uchun: 

📞 +998 94 162 26 65

📞 +998 93 381 66 99

📞 +998 93 382 66 99

✉️ Email: afex.uz@mail.ru

🌐 www.afex.uz

Telegram: t.me/afexuz

Manzil: Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli 150.

Moʻljal: Janubiy temiryoʻl vokzali roʻparasida "Vega Centre" 5-qavati, 6-xona

www.afex.uz
www.afex.uz
www.afex.uz

Report Page