ULAR SHAXMATDA BELLASHDI

ULAR SHAXMATDA BELLASHDI


♟Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ''DXX kubogi'' shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar va tumanlardan kelgan 50 nafarga yaqin 14-30 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchi yoshlar g‘oliblik uchun dona surishdi.

Musobaqaning ochilishida marosimida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov so‘z olib, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga e’tibor qaratilayotganligi hamda imkoniyati cheklangan o‘smirlar ham mehr-muruvvatdan chetda emasligini ta'kidladi.

Musobaqa yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarning har biriga noutbuk sovg‘a qilindi.

Ularning ro‘yxati bilan quyidagicha:

1-o'rin: Odilov Azizjon;

2-o'rin: Kimsanboyev Ahadxon;

3-o'rin: Saxatov Shohrux.

Shuningdek, qolgan barcha ishtirokchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi


Report Page