NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA JO'XORI GURTUK (JÚWERI GÚRTIK) FESTIVALI TASHKIL ETILDI

NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA JO'XORI GURTUK (JÚWERI GÚRTIK) FESTIVALI TASHKIL ETILDI


✅ Bu yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik tarafidan 25-fevral –Joʻxori gurtuk (Júweri gúrtik) kunini nishonlash tashabbusi mahalliy xalq tarafidan ommaviy qoʻllab-quvvatlandi. Ushbu sana munosabati bilan bugun ilk marta qoraqalpoq milliy taomiga bag'ishlangan bu bayram bir qancha oilalarda va ta’lim muassasalarida ko'tarinki ruhda tashkil etildi.

✅ Nukus shahridagi Prezident maktabida ham ushbu bayram o'quvchilar uyushmasi prezidenti va faollari, ota-onalar qo'mitasi hamda maktab jamoasi tashabbusi bilan keng nishonlandi. “Júweri-fest” bayrami bahonasida o'quvchilar o'z ota-onalari va oʻqituvchilari bilan birgalikda joʻxori gurtuk xamirini tayyorlash va gurtuk tugish (xamirdan tangacha shaklini yasash) jarayonini bajarishdi. Ushbu jarayon orqali ular bir-biri bilan dildan suhbatlashib, taomga oʻz mehrini singdirishdi. 

✅ Tadbir davomida maktab oʻquvchilari tarafidan joʻxori oʻsimligi, uning foydali xususiyatlari, “júweri gúrtik"ning kelib chiqish tarixi haqida qiziqarli taqdimotlar, viktorinalar, musiqiy chiqishlar, milliy sport o'yinlari tashkil etildi. Shuningdek, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyining Etnografiya bo'limi boshlig'i A.Pirnazarova tomonidan mahorat darslari o'tkazildi.

✅ “Júweri-fest”ning kulminatsion voqeasi sifatida tayyorlangan diametri 3,5x2,5 metr oʻlchamdagi “lagan”da suzilgan joʻxori gurtik taomi ajoyib bayram tuhfasi boʻldi. Ushbu taomga 20ta kurka goʻshti, 35 kg joʻxori uni va 15kg bugʻdoy uni sarflandi. 

✅ Tadbirda bir guruh chet ellik sayyohlar, hamkor tashkilotlar, ota-onalar va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari mehmon bo'lishdi

✅ Festivalning yuqori saviyada tashkil etilishida Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi, Nukus shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi jamoalari yaqindan yordam berishdi. 

@Prezidentmektebi



Report Page