UKROP yetishtirish

UKROP yetishtirish

t.me/ykfoundation

       Ahamiyati. Ukrop tarkibida olma, limon kislotalari hamda aramatik moddalari ishtaha ochuvchi va ovqat xazm qilishda ahamiyatlidir. Uning  tarkibida vitaminlar ayniqsa S vitamini ko‘p. Ukropda fitonsidlar, antibakterial xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ular oshqozon ichak yo‘llarini zararsizlantirishda, organizmni yuqumli (infeksion) kasalliklarga chidamliligini oshiradi.

      Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Ukropni O‘zbekiston - 243 va Orom navlari ekiladi.

      Urug‘ tanlash. Ukrop urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

      Yer tayyorlash. Urug‘ sepiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan go‘ng solinadi.

      O‘simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib, go‘ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliy solish talab etiladi. yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari (pol) olinadi.

       Ekish muddati va sxemasi. Ukrop urug‘i kech kuzda (no­ yabrda), erta bahorda (martda) va avgust boshlarida pollarga va pushtalarga qalin qilib sepiladi. Bir sotixga 200–250 g (10 sotixga 2–2,5 kg) urug‘ sarflanadi. Tuzlashga ishlatish uchun ular siyrakroq sepiladi va 1 sotixga 100–120 g (10 sotixga 1–1,2 kg) urug‘ sarf­ lanadi. Urug‘lar lentasimon usulida 2–3 qator qilib yoki sochma usulda sepiladi. Urug‘lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

      Parvarishlash. Ukrop urug‘i sekin unib chiqadi (ekilgandan keyin 15–20 kunda ko‘kara boshlaydi). Ukrop o‘toq qilish, qator-lar orasini yumshatish va bostirib sug‘orish yo‘li bilan parvarish qilinadi. Bahorda ekilgan ukrop 2 marta, yozda ekilganlari esa 3–4 marta sug‘oriladi. Ko‘p sug‘orib yuborilsa o‘simlikning pastki barglari­ sarg‘aya boshlaydi.

      Kasallik va zararkunandalarga­ qarshi kurashish. Ukrop o‘simligida­ un shudring kasalligi qisman zararlaydi. Unga qarshi oltingu-gurt kukuni va ISO preparatini qo‘llash maqsadga muvofiq.

     Hosilni yig‘ishtirish. Ukropni barra o‘tligida foydalanish uchun bo‘yi 10–15 sm ga yetganda o‘tkir o‘roq bilan o‘rib olinadi.

       Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 500 g ukrop urug‘iga 300 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1 300 000 so‘mni tash-kil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 5 500 so‘mdan sotilganda 3 mln. 850 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix may-dondan 2 mln. 550 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page