UK COLOURED PENCIL SOCIETY: Rangli qalam yordamida chizilgan suratlar koʻrgazmasi

UK COLOURED PENCIL SOCIETY: Rangli qalam yordamida chizilgan suratlar koʻrgazmasi


Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: Barcha uchun ochiq

Ishlarni topshirish muhlati: 2021-yilning 31-iyuligacha

Asosiy maʼlumot

Buyuk Britaniyaning UK Coloured Pencil Society (UKCPS) tashkiloti oʻzining 20-gala koʻrgazmasi uchun suratlar qabul qilmoqda. Topshirilgan suratlar saralash komissiyasiga anonim tarzda topshiriladi. Saralangan ishlar esa 2021-yilning 14-24-oktyabr kunlari Bargehouse, Oxo Tower Wharf galereyasidagi koʻrgazmada namoyish etiladi.

Shuningdek, eng yaxshi ishlarning mualliflari pul mukofoti bilan ham taqdirlanadi.

Taʼkidlash joizki, tashkilot rangli qalamlarda chizishni qoʻllab-quvvatlaydi va koʻrgazma uchun ham kamida 50 foizi rangli qalamda chizilgan ishlar qabul qilinadi.

Koʻrgazmaga qabul qilingan ishlar koʻrgazma davomida sotuvga qoʻyiladi.

Mukofotlar

Koʻrgazmaga qabul qilingan ishlar quyidagi kategoriyalar boʻyicha gʻolib boʻlsa, koʻrsatilgan mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • Best Picture Award – 1000 funt-sterling
  • Runner Up – 500 funt-sterling
  • Colored Pencil Society of America Award for Excellence (CPSA) – 500 funt-sterling
  • Best Pure Coloured Pencil Award: rassomlik materiallari
  • President's Award: – 100 funt-sterling
  • Pat Heffer Award: 100 – funt-sterling
  • People's Choice: rassomlik materiallari

Talablar

Dasturga butun dunyodan kamida 18 yosh boʻlgan havaskor va professional rassomlardan ishlar qabul qilinadi.

Ishlar original boʻlishi kerak.

Topshiriladigan ish (surat)ning kamida 50 foizi rangli quruq qalamda chizilgan boʻlishi lozim (yogʻoch qobiqli, moʻm yoki yogʻli qalamda, quruq holda ishlatilsa, suvli rangli qalamlardan ham foydalanish mumkin. Pastel qalamlardan foydalanish mumkin emas.

Ish (surat)ning qolgan 50 foizi istalgan vositada ishlanishi/chizilishi mumkin.

Topshirilishi kerak boʻlgan ishlarga qoʻyilgan texnik talablar bilan BU YERDA toʻliq tanishing.

Ariza topshirish jarayoni

Koʻrgazmaga ariza va ishlar onlayn shaklda BU YERDAGI ariza shaklini toʻldirish orqali topshiriladi. Arizalar va ishlar rasmga olingan shaklda 2021-yilning 31-iyuligacha topshirilishi lozim. Ariza shakliga ishlar kiritilganda ularning nomi bilan birga narxi ham yozilishi kerak. Koʻrgazmada shu narxlar koʻrsatiladi.

Ariza shakli orqali rasmi yuborilgan ishlar, agar saralash paneli tomonidan koʻrgazma uchun tanlasa, 2021-yilning 12-oktyabrigacha koʻrgazmaga yetkazilishi kerak. Yetkazib berish surat muallifi zimmasidadir.

Koʻrgazmada sotilmay qolgan ishlarni olib ketish / olib ketishni tashkillashtirish ham surat muallifi zimmasidadir (koʻrgazma tugagandan keyingi kuni – 25-oktyabrda olib ketish mumkin). Sotilmay qolgan ishlar to olib ketilguniga qadar koʻrgazmada kuniga 5 funt-sterling haq evaziga saqlanadi.

Sotilgan ishlardan koʻrgazma tashkiloti 40% komissiya oladi.

Koʻrgazma uchun topshiriladigan ishlar soni cheklanmagan, istalgancha ish topshirilishi mumkin.

Koʻrgazmaga ish topshirish pullik boʻlib, badal ariza shaklini topshirish payti onlayn tarzda toʻlanishi kerak.

Toʻlov miqdorlari quyidagicha:

  • UKCPS aʼzolari uchun 1-ishni topshirish bepul, qolgan har bir ish uchun 15 funt-sterlingdan toʻlanadi.
  • UKCPSga aʼzo boʻlmaganlar har bir ish/surat uchun 25 funt-strlingdan toʻlashi kerak.
  • Toʻliq oʻqish (full-time) asosida tahsil olayotgan talabalar (tashkilotga aʼzolar ham, aʼzo boʻlmaganlar ham) har bir ish/surat uchun 10 funt-sterling toʻlashi kerak boʻladi. Bunda talabalik guvohnomasi ham ilova qilinishi kerak.

Savollar yuzasidan exhib2021@ukcps.org.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin koʻrgazma haqidagi rasmiy eʼlon va koʻrgazma yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Bundan oldingi koʻrgazmalarda gʻolib deb topilgan ishlar bilan BU YERDA tanishing.

Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar

Report Page