UCHRASHUV

UCHRASHUV


Advokatlar palatasida Oliy malaka komissiyasi raisi va hududiy boshqarmalar huzuridagi Malaka komissiyalari a'zolari Palata raisi bilan Uchrashuvi bo‘ldi

Bugun, 16 aprel' kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining binosida, Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov va Advokatlar palatasi Oliy malaka komissiyasi raisi Jasur Ne'matov ishtirokida hududiy boshqarmalar huzuridagi Malaka komissiyalari a'zolari bilan Uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Uchrashuvda Advokatlar palatasi Toshkent shahar, Toshkent viloyati va hududiy boshqarma boshliqlari, Malaka komissiya raislari hamda malaka komissiyalarining mas'ul kotiblari ishtirok etdilar.

Dastlab uchrashuvni Palata raisi boshlab berib, bugungi kunda Malaka komissiyalari faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar borasida gapirib, so‘zni Oliy Malaka komissiyasi raisi Jasur Ne'matovga berdi.

Oliy Malaka komissiyasi raisi hududiy boshqarmalar huzuridagi Malaka komissiya a'zolariga faoliyatidagi kamchiliklar, Malaka komissiyalar faoliyatini tartibga soluvchi Qonun va me'yoriy hujjatlarda belgilangan normalar asosida ishni olib borish to‘g‘risida va advokat bo‘lish istagida advokaturaga kirib kelayotgan talabgorlarga tavsiyalari, bugun Komissiya faoliyatini yanada ochiq, shaffof bo‘lish uchun qanday ishlarni amalga oshirilishi lozimligini, Malaka komissiyasi majlisining tartib qoidalari to‘g‘risida batafsil ma'lumot va tushuntirishlar berib o‘tdi. Suhbat davomida Malaka komissiyada faoliyat yuritayotgan a'zolar, mas'ul kotiblar Raisga faoliyat bilan bog‘liq savollar berdilar. Bugungi Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, bahs va munozalarga boy bo‘ldi.

Advokatlar palatasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi



Report Page