Uch Yaxshi Narsa

Kundalik hayotimizda ko’ngildagidek bormayotgan narsalarga o’ralashib qolish juda ham oson va bunday vaziyatda o’zimizni xuddi o’z yomg’ir bulutimiz ostida yashayotgandek his etamiz. Ayni paytda, biz hayotimizdagi yaxshi insonlar va yaxshiliklarga ko’nikishga moyilmiz.
Ko’nikuvchanlikka bir misol: Tasavvur qiling, siz har bir soat chiqqilashiga e’tibor berib, undan har gal hayratlansangiz yoki ko’chadagi mashinalarning ovozidan har safar cho’chib tushsangiz?!
Ko’nikuvchanlik, albatta, yaxshi, u e’tiborni nima muhim-u, nima unchalik muhim emasligiga yo’naltiradi. Boshqa jihatdan esa, biz hayotimizdagi yaxshi insonlar va yaxshiliklarga ko’nikib qolamiz va ularni odatiy hol sifatida qabul qila boshlaymiz. Natijada kundalik go’zallik va yaxshiliklarni unutib qo’yamiz.
Har kuni shu kunda sodir bo’lgan 3 yaxshi narsa haqida va ularning sabablari haqida yozib boring. Ularni jonli yozuvda muhrlash lozim. Bu mashqni faqat fikrlaringiz doirasida o’tkazishning o’zi yetarli bo’lmaydi. O’z yozayotganlaringiz ahamiyatsiz ravishda kichik bo’lishi mumkin (masalan, hamkasbim bugun menga qahva tayyorlab berdi) yoki nisbatan katta (masalan, lavozimim ko’tarildi). Mashqni kundalik hayotining bir qismiga aylantirish uchun ayrimlar uni yotishdan avval qog’ozga tushirishni samarali deb bilishadi.
Kuningizda sodir bo’lgan uch ijobiy voqeani, ularga nimalar sabab bo’lganini hisobga olgan holda eslash va sanab o’tish asnosida hayotingizdagi yaxshiliklar manbaiga sezgirligingiz oshadi. Bu odat hayotingizning hissiy ohangini o’zgartirib, puchga chiqqan umidlar va afsuslanish hissi o’rnini minnatdorchilik egallaydi. Shu sababdan ushbu mashq baxt hissining sezilarli darajada oshishi bilan bog’liq.

Talab etiladigan vaqt: kuniga 10 daqiqa, hech bo’lmaganda bir hafta davomida.
Yozayotganda quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:
- Voqeaga sarlavha bering (masalan, “Hamkasbim mehnatlarimni qo’llab-quvvatladi”)
- Iloji boricha aniqroq, nimalar sodir bo’lganini batafsil yozing, xususan nimalar qilganingiz yoki aytganlaringizni va agar unda boshqalar ham ishtirok etgan bo’lsa, ularning xatti-harakatlari va so’zlari haqida yozing.
- Ushbu voqea, u o’z vaqtida sodir bo’lganda siz qanday his qilganingizni va undan keyingi hissiyotlaringizni (shu bilan birga eslab yozayotgan paytingizdagi hissiyotlarni) ham kiriting.
- Ushbu voqeaga nima sabab bo’lgan deb o’ylaysiz — nima uchun bunday bo’lganligini izohlang.
- Istalgan yozuv uslubidan foydalaning va mukammal grammatika va imlo qoidalari haqida qayg’urmang. O’zingiz istagancha batafsil ma’lumotlarni kiriting.
- Agar siz o’zingizni salbiy his-tuyg’ular qurshovida his qilsangiz, o’y-xayollaringizni yaxshi voqea va u bilan birga kelgan ijobiy his-tuyg’ularga qayta yo’naltiring. Bu sizdan ko’p kuchni talab qilishi mumkin, ammo mashq qilaverish asnosida osonlasha boradi va hissiyotlaringizni chinakamiga o’zgartirishga qodir.
“Uch yaxshi narsa” sizni ijobiy voqealarni diqqat bilan kuzatishga va ushbu voqealarni yodda saqlash va boshqalar bilan bo’lishishga imkon bergan paytda ham, undan keyin ham ko’proq e’tiborli bo’ishga undashi mumkin. Hodisaning sabablari to’g’risida fikr yuritish esa, hayotingizdagi yaxshilik manbalarini chuqurroq o’rganishga imkon beradi va minnatdorchilik tuyg’usini rivojlantiradi.
Kanalga a'zo bo'lish: Psycho Blog