"UCH AVLOD UCHRASHUVI" 

"UCH AVLOD UCHRASHUVI" 

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi "Keksa avlod vakillarini har tаmonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-92-sonli qarori 3-ilova 9-bandi ijrosi yuzasidan 18-may kuni Bekobod shahar "Sayxun" mahallasiga qarashli 11-o‘rta ta’lim maktabi tarmog‘i binosida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  



📚 Tadbirda Bekobod shahar hokimi N.Babaev, shahar hokimi o‘rinbosari A.Dadaboev, shahar hokimi maslahatchisi U.Abdunazarov, "Nuroniy" jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi raisi T.Niyozov, Madaniyat bo‘limi, Mahalla ettiligi hamda uch avlod vakillari ishtirok etdilar.


 📖 Tadbirni shahar xokimi N.Babaev ochib berdi va yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlar, bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida so‘z yuritib, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda keksa-avlod vakillarining o‘rni haqida ma’ruza qildi.  

❇️ Tadbir davomida so‘zga chiqqan faxriy nuroniylardan Vannobov Abduqahhor hoji ota va Madumarov Husanboy otalar yoshlarga o‘z mehnat faoliyatlari va hayotiy kechinmalari to‘g‘risida gapirib berdilar va yoshlarni farovon hayotni qadriga etib, kelajakda jannatmakon yurt koriga yaraydigan komil insonlar bo‘lib etishishga chaqirdilar.

❇️ 11-sonli o‘rta ta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga hush kayfiyat bag‘ishladi.

  ⚡️ Tadbir so‘ngida faol nuroniylar hamda yahshi natijalarga erishib kelayotgan yoshlar Bekobod shahar hokimligi hamda "Nuroniy" jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

  ✅ Tadbirda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

Mirkomil Fayziyev


Report Page