“UAALF-2020”: BUXORO XALQARO AEROPORTI FAOLIYATI RIVOJIGA ULKAN ZAMIN YARATDI

“UAALF-2020”: BUXORO XALQARO AEROPORTI FAOLIYATI RIVOJIGA ULKAN ZAMIN YARATDI

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar maydonida o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumi yuqori darajada tashkillashtirilgan bo‘lib, forumning ikkinchi kuni ham qizg’in tarzda olib borildi. Binobarin, mazkur xalqaro forum davomida Buxoro viloyati hokimligi hamda “Buxoro xalqaro aeroporti” vakillari tomonidan xalqaro aviakompaniyalarni jalb qilish va kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, forum mobaynida qadim Buxoro viloyatining maxsus paviloni ko‘plab xorijiy soha vakillarini maftun etish barobarida o‘z imkoniyatlarini ham keng namoyish eta oldi. Xususan, turizm masalalari bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov, “Buxoro xalqaro aeroporti” direktori Tohir Baxronov va o‘rinbosari Sodiq Shukurovlar hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Hidaya Global Group”, Rossiya Federatsiyasining “IFly”, Qozog‘iston Respublikasining “Air Astana”, Latviya davlatining “SIA Fly&Flight”, Shvetsariyaning “Aerol Alliance”, qolaversa, mamlakatimizdagi “Silk Road Express” va “Easy Booking” kabi bir qator taniqli kompaniyalari vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, quyida olib borilgan muzokaralarda Rossiya Federatsiyasining taniqli “IFly” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda “Moskva-Buxoro-Moskva”, “Buxoro-Vladivostok-Buxoro”, “Jakarta-Buxoro-Jakarta” hamda Qozog‘iston Respublikasining “Air Astana” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda esa “Astana-Buxoro-Astana” yo‘nalishlaridagi yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish, binobarin, sayohatchi va ziyoratchilarni tashish, xalqaro charter reyslarni, ayniqsa, texnik qo‘nishlarni amalga oshiradigan aviakompaniyalarni jalb qilish, yo‘lovchilar va ularning yuklarini online ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus ustunlarni 3 oy mobaynida o‘rnatish va mamlakatimizdagi barcha aeroportlarga parvozni amalga oshiradigan avia tashishlarni sotish uchun agentlik shartnomalarini tuzish kabi turli mavzular borasida muhokamalar olib borildi.

O‘ylaymizki, bu kabi xalqaro avia kompaniyalar o‘rtasidagi muzokaralar “Buxoro xalqaro aeroporti” faoliyatini yuqori cho‘qqilarga olib chiqib, salohiyatli sharif shaharning turizm sohasi rivoji yo‘lida muhim omil sanaladi.

🇺🇿 Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

📌  A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

“UAALF–2020”: ЗАЛОЖИЛ ОГРОМНУЮ ОСНОВУ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕЖДУНАРОДНОГО АЭРОПОРТА БУХАРЫ

Второй день высоко организованного первого международного авиационного форума “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” (UAALF-2020),  который проходит на выставочной площадке “Узэкспоцентр” в Ташкенте прошёл интенсивным образом. В частности, в ходе данного международного форума представителями Бухарского областного хокимията и Международного аэропорта Бухары реализуются ряд мероприятий для привлечения в область международных авиакомпаний и налаживания дальнейшего сотрудничества.

Специальный павильон Бухарской области смог привлечь многих представителей туристической индустрии широко демонстрируя свои возможности. Между заместителем хокима по туристическим вопросам Ботиржоном Шахриёровом, директором Международного Бухарского Аэропорта Тохиром Бахроновым и его заместителем Содиком Шукуровым, также с многими известными компаниями, как “Al-Hidaya Global Group” (ОАЭ), “IFly” (Российская Федерация), “Air Astana” (Республика Казакстан ), “SIA Fly&Flight” (Латвия), “Aerol Alliance” (Швейцария), “Silk Road Express” и “Easy Booking” (Узбекистан) были налажены сотруднические отношения. 

Следует отметить, что в вышеуказанных переговорах обсудились вопросы о сотрудничестве между “Uzbekistan Airports” и авиакомпанией “IFly” Российской Федерации об открытии рейсов по маршруту “Москва-Бухара-Москва”, “Бухара-Владивосток-Бухара”, “Джакарта- Бухара-Джакарта”, c Республикой Казахстан “Астана-Бухара-Астана”, перевозка туристов и паломников, в привлечение иностранных авиа перевозчиков совершающих чартеры на техническую посадку и дозаправку в аэропорту города Бухары, поставка и установка в аэровокзальном комлексе аэропорта Бухары стоек онлайн регистрации пассажиров и багажа на срок до 3-х месяцев, заключение агентских соглашений на продажу авиаперевозок со всеми компаниями совершающие полеты в аэропорты Республики Узбекистан.  

Мы считаем, что переговоры таких видов с такими международными авиакомпаниями являются важным шагом на пути развития туристической отрасли Международного Аэропорта Бухары.

🇷🇺 Информационная служба департамента по развитию туризма Бухарской области

📌 Присоединяйтесь: https://t.me/bukhtourism

2020 “UAALF”: LAID A HUGE FOUNDATION FOR THE DEVELOPMENT OF THE INTERNATIONAL AIRPORT OF BUKHARA

The second day of highly organised forum “UAALF-2020” (Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum) which is being held in exhibition platform “Uzexpocenter” in Tashkent, was full of intensive events. In particular, during this international forum, representatives of the Bukhara regional Administration and the international airport of Bukhara are conducting a number of measures to attract international airlines to the region and establish further cooperation. The special pavilion of the Bukhara region was able to attract many representatives of the tourism industry by widely demonstrating its capabilities. Amongst the Deputy khokim for tourism issues Botirjon Shakhriyorov, Director of the international Bukhara Airport Tohir Bahronov and his Deputy Sodik Shukurov, also with many well-known companies such as “Al-Hidaya Global Group” (UAE), “IFly” (Russian Federation), “Air Astana” (Republic of Kazakhstan), “SIA Fly&Flight” (Latvia), “Aerol Alliance” (Switzerland), “Silk Road Express” and “Easy Booking” (Uzbekistan) cooperative relations were established.

It should be noted that during the above-mentioned negotiations the participants discussed issues of cooperation between “Uzbekistan Airways” and the airline “IFly” of the Russian Federation on the opening of flights on the route “Moscow-Bukhara-Moscow”, “Bukhara-Vladivostok-Bukhara”, “Jakarta- Bukhara-Jakarta”, with the Republic of Kazakhstan “Astana-Bukhara-Astana”, transportation of tourists and pilgrims, attraction of foreign air carriers making charters for technical landing and refueling at the airport of the city of Bukhara, delivery and installation of online check-in counters for passengers and luggage for up to 3 months, conclusion of agency agreements for the sale of air transportation with all companies that fly to airports of the Republic of Uzbekistan. We believe that negotiations of these types with such prestigious international airlines are an important step towards the development of the tourism industry of Bukhara International Airport.

🇺🇸 Press service of the Department for Tourism development in Bukhara region

📌 Join it: https://t.me/bukhtourism

Report Page