TypeScript. #1

TypeScript. #1

Islom Mamatov

Ishni boshlash.

TypeScript

Typescript tili haqida deyarli barcha eshitgan. Ko'p ta'rif bermasak ham bo'ladi. Lekin biroz to'xtalib o'tamiz.

Hozirgi zamonaviy texnologiyalar dasturlash tillarini ham takomillashishga majbur qilmoqda. Shuning uchun avval biz ishlatgan JavaScript tilining imkoniyatlari ba'zida yetmay qoldi. Natijada Microsoft kompaniyasining bir guruh dasturchilari yangi tilni yaratishdi. Ularning jamoa rahbari Turbo Pascal, C# va Delphining asoschisi Anders Hejlsberg edi.

TypeScript tilidan qayerlarda foydalanamiz? Hammada shu savol tug'ilishi tabiiy. Bu tilni o'rganib biror foyda topamizmi? Albatta foyda topasiz. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilar faqat bir xil qurulma ishlatishmaydi. Kimdir kompyuter, kimdir Android, kimdir iPhone, yana kimlardir planshet ishlatadi. TypeSript tili va uning fremvorklarini o'rgangan holda siz bitta kod yozib, uni barcha qurilmalarda ishlatishingiz mumkin. Masalan Andoroid, planshet yoki iPhone uchun dastur qilmoqchimisiz marhamat Ionic bor, veb sayt qilmoqchimisiz marhamat Angular bor, kompyuter uchun dastur yaratmoqchimisiz marhamat Electron. Bularning barchasi uchun albatta TypeScript tilini o'rganishingiz kerak.

TypeScript mutlaqo yangi til emas. U JavaScriptning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga oldi va static typing, klasslar va modullar kabi yangi imkoniyatlar bilan boyitildi. Uning kodlari komplyatsiya bo'lmaydi, balki JavaScript tiliga transpilyatsiya bo'ladi va shu jarayoda xatolarni ham testlab ketadi.

TS kodlari JS kodiga transpilyatisya bo'ladi

Endi bevosita amaliy mashg'ulotga o'tamiz. Bajarish kerak bo'lgan barcha amallarni qadamma-qadam yozib boraman. Sizdan qilinadigan talab, birorta qadamni o'tkazib yubormang. Bir qadamni tugatmasdan ikkinchisiga o'tmang.

1-qadam. Dasturlash muhitini sozlash.

TypScript tilini o'rganish uchun avvalo dasturlash muhitini sozlab olishimiz kerak. Biz IDE ya'ni kod yozish muhiti sifatida Visual Studio Code dasturidan foydalanamiz. Bu dasturning o'zi ham Electron yordamida yasalgan. Uni yuklab olish uchun shu yerga bosing. Dasturning o'rnatish jarayoni juda oddiy.

Visual Studio Code

2-qadam. NodeJsni o'rnatish.

NodeJS platformasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. Uning o'rnatilish jarayoni juda oddiy. Bunga to'xtalib o'tirmasak ham bo'ladi.

3-qadam. TypeScript paketini o'rnatish.

TypeScriptda ishlash uchun bizga NodeJS kerak bo'ladi. Visual Studio Code dasturi va NodeJSni o'rnatib bo'lgach,Visual Studio Code dasturining terminalini ochamiz. Dasturning terminalini ochish uchun CTRL+` tugmachalarini bosamiz yoki menudan View->Terminal qilib kirish ham mumkin.

Terminalga quyidagi buyruqni yozamiz:

npm install -g typescript 

TypeScriptni o'rnatish

Agar kompyuteringizda boshqa loyihalar ham bo'lsa, TypeScriptni faqat joriy loyihaning o'ziga o'rnatish maqsadga muvofiq.

npm install typescript

Bu holatda bizning joriy papkamizda node_modules papkasi hosil bo'ladi. Keyingi barcha paketlar shu papka ichiga o'rnatiladi.

4-qadam. "Hello world" dasturi.

TypeScriptni o'rnatib bo'lgach, odatga ko'ra "Hello world" dasturini tuzib ko'ramiz. Avvalo CTRL+N yordamida yangi fayl yaratib olamiz. Uning nomini hello.ts deb nomlaymiz.

hello.ts faylini yaratish

Uning ichiga quyidagi kodni yozamiz:

console.log("Hello world")

TypeScript tilida natijani ekranga chiqarish buyrug'i console.log() hisoblanadi.

Endi dastur kodini ishga tushirish uchun terminalga o'tib quyidagi buyruqni yozamiz:

node hello.ts

Quyidagi natija hosil bo'ladi:

Mana birinchi darsni ham boshlab oldik. Keyingi darsimizda TypeScript loyihalarni sozlashni ko'rib o'tamiz. Hozircha xayr.


Darsning boshqa qismlari @dasturchiBlogi kanalida berib boriladi

Report Page