Twitterda Xakerlar, Telegramda Qalloblar.
Шомаматов ⍒
Xakerlar Ilon Mask, Bill Geyts, Jek Dorsi va Apple'ning Twitter akkauntlarini buzishdi
Xakerlar Ilon Mask, Jeff Bezos, Bill Geyts, Barak Obama, shuningdek, Apple va Uberning Twitter-dagi akkauntlariga kirishdi. Hatto ushbu ijtimoiy tarmoq asoschisi Jek Dorsi ham xakerlik hujumiga uchragan. Bu haqda Baza Telegram kanali ma'lum qildi.


Hujumchilar bitcoinlarni tarqatish bo'yicha takliflarni joylashtirdilar. Lekin ushbu "aktsiyada" ishtirok etish uchun avval ko'rsatilgan hamyonlarga ma'lum miqdorlarni yuborish kerak, ya'ni 1 ni tikib 2 ni yutib oling degandek.

Shunday qilib, firibgarlar ijtimoiy tarmoqning ishonchli foydalanuvchilaridan foyda ko'rishadi. Yangiliklarni yozish paytida ular 12 dan ortiq bitcoin-larda (deyarli 1 millard 150 million sum) daromad olishga muvaffaq bo'lishdi.
Mask akkaunti qayta boshqaruvga olishga muvaffaq bo'lindi, ammo bu uzoqqa cho'zilmadi:

Apple'ning akkauntidan barcha tvitlar o'chirib tashlandi. Ehtimol, xakerlar foydalanuvchi akkauntlarini buzishmagan, qandaydir tarzda ijtimoiy tarmoqning boshqaruv paneliga kirishga muvaffaq bo'lishgan.
Mavzuga oid: Pavel Durov "Nega Whatsapp hech vaqt xavfsiz bo'la olmaydi"

Ehtiyot bo‘ling: Telegramda firibgarlar!
Sizga shuni ma’lum qilamanki, firibgar hiyla-nayrang tarqalmoqda, bu Telegram-profilni o‘g‘irlashga, u orqali spam tarqalishiga va akkauntni o‘chirib tashlashga olib keladi:
👋 I get cool site for taking money on https://XXXXXXX
I have aroud $100 for activating Telegram
You also can do it too. Good luck!
• Havola orqali o‘tmang.
• Telegram-profilingiz telefon raqami va kodini kiritmang.
• 2 bosqichli autentifikatsiyani yoqing.
• Hech qachon parolingizni hech kimga aytmang.
• Ushbu maqolani o‘qing
Manbaa: @TeleUz
Telegraph Uzbekistan kanali uchun Sindorbek tayyorladi.