Tuygʻular Iskanjasida

Tuygʻular Iskanjasida

Ko Jivu

||Episode||•2

Mehmondorchilikdan qaytishayotgan Shuna va Taehyung uyga qaytguncha yoqimsiz sukunatga choʻmishgandi. Mashinani oʻzlarining uyi qarshisiga toʻxtatgan Taehyung birinchi navbatda mashinadan tushib, soʻngra Shuna old oʻrindiqni boʻshatdi. Taehyung Shunadan ildamlab katta uyga kirib ketar ekan, uning choʻntagidan bir quticha tushib qoldi. Behosdan Shunaning koʻzi aynan shu qutichaga tushdi va uni ohista qoʻliga oldi. Uni ochmadi va u ham uy tomon ildam qadam tashladi. Katta uyning aylanma zinalaridan ikkinchi qavatga chiqayotgan Taehyungga yuzlangan Shuna qutichani ortiga yashirdi.

–Taehyung...)Shuna biroz toʻxtab qolgan Taehyungning yoniga bordi.

–Eshitaman)Taehyung

–Kecha ishdan juda kech qaytding, seni kelganingni bilmay uhlab qolibman. Negadir bir necha haftadan beri ishdan kech qaytish odatini chiqarding)Shuna uning koʻzlaridan nimadir izlab topish maqsadida chuqur nigoh bilan qaradi.

–Menda hammasi joyida, shunchaki biroz asabiylashyapman.. sen ahamiyat berma gʻazabdan oʻzimni ishga chalgʻityapman... Ishdagi mojarolar azizam) Taehyung bir qoʻlini Shunaning ochiq yelkalariga qoʻyib, mayin tabassum bilan uning peshonasidan oʻpib qoʻydi. Zinalardan bir birini quchib, yotoqxona tomon kirishdi. Taehyung qoʻlini yuvish uchun yuvinish xonasiga kirib ketganida Shuna bejirim qutichani ochib koʻrdi. Bejirim koʻkimtir matoga oʻralgan quticha ichida chiroyli uzukni koʻrdi. Barmoqlariga olishga ulgurmasidan Taehyung xonaga qaytib kirdi. Shuna tezda qutichani oʻsha joydagi javon ustiga qoʻyib qoʻydi va hech narsaga e'tibor bermagandek, yotoqga oʻtirdi. Taehyung kelib uning nozik ,ochiq yelkalaridan quchdi. Yigitning uzun barmoqlari va boʻynini kuydiray deyayotgan nafasi unga boshqacha his berayotgandi. Ortidagi yigitning quchishi shunchaki unda quchoqlashdek taʼsir qilmadi, balki jilovlab boʻlmas hislarga erkinlik berishni istayotgandek ta'sir koʻrsata boshlagandi. Taehyungning yuziga qarar ekan, yigit ham bir zum Shunaning qirmizi rangga boʻyalgan lablariga koʻz yugurtirdi. Biroz yaqinlashib, lablarini birlashtirdi va undan mayin boʻsa ola boshladi. Boʻsa olayotgan lablariga hamohang uning uzun ingichka barmoqlari ham qizning sut kabi oq tanasida harakatlana boshladi.

Taehyung biroz qizishib olgach, Shunaning kiyimi tasmasini yechmoqchi boʻlganida unga qarata aytilgan soʻzdan toʻxtadi.

–Biz turmush qurganimizda...)Shuna yana toʻxtadi. Taehyung uning davom etishini kutayotgandek tanasida mayin harakat qildi.

–Barmogʻimga mana shu uzukni taqishingni istayman)Shuna dadillik bilan Taehyungga gaprdi.

Taehyungning koʻz qiri aynan oʻsha choʻntagidan tushib qolgan uzukka qaratilgach, qaddini tiklab tezda qutichani qoʻliga oldi va eshik tomon yura boshladi.

–Nega har doim turmush qurishimiz haqida gaprsam oʻzingni olib qochasan!? Mening ham baxtli oilam boʻlishini hohlayman, sen bilan boʻlishni istayman axir!)Shunaning Taehyungga aytilgan soʻzlari uni bir onga toʻxtatdi lek yurishdan emas. Taehyung baribir Shunani bu tun qorongʻu xonada yolgʻiz qoldirdi.


Pov:Avtor

Shafaq uzra quyoshning yarqirab olamga nur sochish uchun qad rostlagancha chiqa boshlashi, ob-havoga oʻzgacha zavq berardi. Quyosh bilan barobar odamlarni shirin uyqudan uygʻotish maqsadida shamol ham ildam harakatdan qolishmadi. Daraxtlarning barglarini mayin tebratgancha, quyosh bilan quvnayotgan shamol katta uyning ikkinchi qavatidagi ochiq derazalargacha kirib borardi. Endigina ochilgan derazalarga mayin urilgan shamol xona uzra harakat qildi va pardalardan soʻndi. Bu shamol va quyoshniny zarrin nurlarini tanasi boʻylab his qilgan Luna yoqimli salqin shamoldan biroz junjikib qoʻydi. Derazalar oldidagi kursida oʻtirgan yigit yotoqdagi qizning harakatidan biroz tabbasum qildi va u tomon yaqinlashdi. Koʻzlarini ochgan Luna birinchi navbatda Jungkookni koʻrdi va u ham mayin jilmaydi. Oppoq tungi kiyimiga qoʻl tekkizgan Jungkook Lunaning yuzlaridan silab peshonasidan mayin oʻpib qoʻydi.

–Hayrli tong)Luna belini biroz yotoqdan koʻtardi.

–Hayrli tong)Sekinlik bilan Lunaning yoniga joylashdi va uning belidan quchib oldi.

–Bugun ajoyib tong otdi..Mmm senga bir yangilikni aytmoqchi edim

–Qanday yangilik?

–Taehyung va Shunaning turmush qurishi haqida ular uchun bu yaxshi axir bir-birini sevishadi)Jungkook koʻksiga bosh qoʻygan qizning sochlarini silab qoʻydi.

–Erta tongdan yangiliklar bilan qarshi olding, men ham bir narsani aytsam boʻladimi?)Luna

–amakim va kelinoyim bir necha oyga Koreyaga qaytishmoqchi ekan, ular menga kecha qoʻngʻiroq qilishdi va uylariga borib tekshirishimni aytishdi)Luna

–Nega aynan sen? Yaxshi amakingning oʻgʻli tekshirsin) Jungkook norozi qiyofada yuzini kayfiyatsiz deraza tomonga qaratdi.

–Ryuzo u yerda yashamayotganiga ancha boʻldi, shahar tashqarisida bir oʻzi yashay olmadi, shekilli. Men shunchaki uyning toza-ozodaligini tekshiraman, qaytaman)Luna

–Hoʻp, yaxshi men bilan boraqol) Jungkook

–Esingda boʻlsa seni bugun oyimiz kelishingni kutyapti, shu bilan birga idishlar ham yuvilishini intizorlik bilan kutdi, lekin yuvilmadi)Luna biroz tabassum qilib qoʻydi.

–Yaxshi, yuvganim boʻlsin faqat hozir emas...Mmm..)Jungkook Lunani koʻkrak qafasiga yuzini koʻmib, boʻynidan chuqur boʻsa olib iforidan sarmast boʻlardi. Lablar biroz masofadan soʻng qizning lablari ustiga bosildi.


Luna mashinasida Seulning shahar chekkasiga yoʻl olgan edi. U atrofdagi tabiat manzarasiga koʻz tashlab qoʻyardi.

Davomi bor...

[Oʻqib fikr I Reaksiyelani Bildirila xato i kamchilila uchun uzr]

Muallif|•Ko Jivu

// @Fanfiction_Diary //

Report Page