Tuya kabi fikrlaydigan odamlar

Tuya kabi fikrlaydigan odamlar

Kamol To'xtayev

-Falonchani qara, nega sen ham o'shalarga o'xshamaysan...

- Anavuni qara, falon ishni qildi, sen esa qilolmayapsan... va hokazo gaplarni eshitgansiz. Agar sizga ham shunda gapni aytib ishingizni tanqid qilishsa, bo'sh kelmay mana bu qisqa hikoyachani ayting...

Bir kuni tuya bilan sichqon do'st bo'libdi. Ular birga sayohatga chiqishga qaror qilishibdi. Uzoq yo'l yurgach oldilaridan katta daryo chiqibdi. Ikkovi ham daryo yoqasida to'xtab qolibdi.

Sichqon tuyaga qarab debdi: Seni gavdang katta daryoga kirib ko'rginchi chuqurligi qancha ekan. Agar chuqur bo'lmasa seni orqangdan men ham daryoga kiraman.

Tuya bunga rozi bo'lib daryoga kirib yurib ketaveribdi suv esa tuyani tizzasigacha kelar edi. Orqada qolgan sichqon baland ovoz bilan: Hey tuya nega meni tashlab ketyapsan. Men qanday o'taman - debdi.

Tuya esa orqasiga qaramay javob beribdi: Hey sichqon do'stim, ko'ryapsanku suv ozgina ekan. Bor yo'g'i tizzadan kelyapti. Sen ham kelaver.

Sichqon yana javob beribdi: Hey nodon tuya seni tizzangdan kelgan suv meni butunlay ko'madi-ku. Sen qaysi aqling bilan o'zingni men bilan tenglashtiryapsan....

Xullas, Har bir jonzotda turli qobiliyat va imkoniyat berilgani kabi insonlarda ham qobiliyatlar turlicha taqsimlangan. Shuning uchun tuya kabi boshqalarniyam o'zimizga o'xshatmaylik !

Jaloliddin Rumiy

Report Page