Turli iqlim sharoitiga mos ko‘chat navlari ko‘zdan kechirildi

Turli iqlim sharoitiga mos ko‘chat navlari ko‘zdan kechirildi


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

Vazir dastlab, Jomboy tumanidagi “SAG AGRO” MChJ “Bog‘bon” agrokompleksiga qarashli “In vitro” laboratoriyasi faoliyati va suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.

Laboratoriyada yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos, o‘rik, nok va uzum, olma kabi mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli bo‘lgan hamda qurg‘oqchilikka chidamli, mahalliy turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlarni yetishtirilmoqda. Muassasa jami 24 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, u yerda mamlakatimizda uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar ko‘chatlari parvarish qilinmoqda.

Vazir o‘z navbatida laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bugungi kunda agror soha taraqqiyoti bu kabi zamonaviy majmualarda yetishtirilgan mahsulotlarga chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi. Misol uchun, mazkur laboratoriya bugungi kunda zaytun daraxti ko‘chatini iqlimlashtirib, ekishga tayyor holga keltirgan. Surxon zaminida uni yetishitirish mumkinligi ilmiy asoslandi. Uzumning danaksiz navlari ham xuddi shunday bosqichda.

Ayni olimlar izlanishgi natijasida jahon talabiga mos meva beradigan ko‘chatlar amaliyotga tadbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani rost. Anor, shaftoli, nok kabi an’anaviy mevalarning G‘arb davlatlaridagi namunalari olib kelinib, kallibrovkasi katta, ozuqaviy qiymati yuqori hamda darmondorilarga boy navlarini seleksiya qilish, gibrid navlar ustida ilmiy izlanishlar olib borish jarayonlariga katta e’tibor bilan yondoshilishi lozimligi I. Abdurahmonov tomonidan alohida e’tirof qilindi.

Aytish o‘rinliki, Laboratoriya chet elning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda 140 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydigan mazkur majmua yillik quvvati 20 mln. dona o‘simlik ko‘chatlari ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.


Report Page