Turli OS (WINDOWS, LINUX distributivlari) larini o'rnatuvchi fleshka yaratish

Turli OS (WINDOWS, LINUX distributivlari) larini o'rnatuvchi fleshka yaratish

Kamol To'xtayev

Salom, barchaga! Maslahatlar blogida ko'rdim, aynan shu mavzuda 2~3 ta Maqola yozilgan ekan. To'liq o'qib chiqdim, nazarimda biroz murakkabliklari bordek tuyildi, shuning uchun ushbu qo'llanmani yozishga qaror qildim. Men quyida har doim Sistema o'rnatish uchun fleshka yaratish uchun o'zim foydalanib kelayotgan Rufus dasturida yuklanuvchi fleshka yaratish bo'yicha qo'llanma keltirmoqchiman. Men qo'llanma uchun Windows 10 sistemasi misolida ko'rsataman. Rufus dasturini tanlashimga asosiy sabab shuki, bu dastur boshqa shu turkumdagi dasturlarga qaraganda ancha QULAY va TEZ ishlaydi, interfeysi ham juda oddiy, hamma amallar dasturni yagona kichik oynachasida bajariladi. Demak ishni boshladik! 

Bizga buning uchun birinchi navbatda Rufus dasturini ushbu linkdan yuklab olamiz. Dastur hajmi < 1 MB. Va dasturga kirganimizda quyidagi interfeys hosil bo'ladi.

Rasmda belgilangan ro'yhatdan kerakli fleshkani tanlab olamiz.

Keyin esa rasmda belgilangan tugmani bosib, Windows 10 ISO faylini tanlab olamiz.

Windows Obrazi fayli tanlangandan keyin, Rufus oynasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi.

Endi Start tugmasini bosamiz.

Va Rufus fleshkani formatlashni so'raydi, OK ni bosib davom etamiz.

Fleshkaga fayllar yuklanish jarayoni boshlanadi.

Fayllar yuklab bo'lindi, rasm quyidagicha:

Va nihoyat bizni Windows 10 yuklanuvchi fleshkamiz TAYYOR, undan bemalol foydalanishimiz mumkin

Agar qiziqarli bo'lsa, quyidagi maqola meni maqolamning mantiqiy davomi sifatida Foydali deb hisoblayman :

            Windowsni usb fleshka orqali o'rnatish

            Kompyuterga windows 10 operatsion tizimini o'rnatish (By @Murodil)

   Agar biror kamchiliklar bo'lsa, oldindan uzr va habar berishingizni so'rayman

Report Page