Turksoy qanday tashkilot?

Turksoy qanday tashkilot?

Oqil Abdubarnoyev

Shu kunlarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga TURKSOY tashkilotidan vakillar kelishi kutilmoqda.

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (turkcha: Uluslararası Türk Kültürü Teşkilatı, Türksoy) turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi bu — turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilot bosh kotibi qirgʻizistonlik Sulton Rayev hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.


TURKSOY turkiy xalqlar birligi va qardoshligini mustahkamlash, mushtarak turk madaniyatini kelajak avlodlarga yetkazish va dunyoga tanitish yo‘lida faoliyat olib boradi.

Tashkilot yaratish g'oyasi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida "Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti"ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.


1996-yildan TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.


Tashkilotga hozirda 6 mamlakat rasman a’zo boʻlgan, bular — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston. Shuningdek, yana besh mamlakat — Boshqirdiston Respublikasi, Gagauz, Xakas Respublikasi, Shimoliy Kipr turk Respublikasi va Tatariston Respublikasi kuzatuvchi maqomini olgan.


Sobiq a’zo mamlakatlar

2015-yilning oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi — Saxa Respublikasi, Oltoy Respublikasi va Tiva Respublikasi TURKSOYni tark etdi.


Madaniy poytaxtlar

TURKSOYning doimiy ravishda rivojlanib, yangilanib turadigan madaniy hayotiga qo'shgan yangiliklaridan biri Turk dunyosi Madaniyat poytaxtining amalga oshirilishi bo'ldi. Shaharlarimiz madaniy va san'at hayotiga rivoj qo'shadigan dastur doirasida:


2012-yil Astana (Qozog‘iston);

2013-yil Eskishahar (Turkiya);

2014-yil Qozon (Tatariston);

2015-yil Marv (Turkmaniston);

2016-yil Sheki (Ozarbayjon);

2017-yil Turkiston (Qozogʻiston);

2018-yil Kastamonu (Turkiya);

2019-yil O'sh (Qirg'iziston);

2020-yil Xiva (Oʻzbekiston);

2022-yil Bursa shahri (Turkiya) Turk dunyosi madaniyat poytaxti sifatida e'tirof etildi.

TURKSOY byudjeti qanday shakllanadi?

TURKSOY byudjeti aʼzo davlatlarning madaniyat vazirliklari tomonidan toʻlanadigan badallardan iborat. Ushbu badallarga qo'shimcha ravishda mahalliy hukumatlar, universitetlar va turli nodavlat tashkilotlarning tadbirlari uchun qo'shimcha resurslar taqdim etiladi.


TURKSOY faoliyati haqida

TURKSOYning anʼanaviy tadbirlari qatorida Navroʻz bayrami, rassomlar, fotosuratchilar, haykaltaroshlar uchrashuvlari va opera kunlari ham bor. Bundan tashqari, TURKSOY har yili Turk dunyosidan bir shaharni Turk dunyosi madaniyat poytaxti deb e’lon qiladi.


TURKSOY rahbariyati

Sutan Raev 2022-yil 31-martdan beri TURKSOY Bosh kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. Bosh kotib o'rinbosari lavozimida dots. Dr. Bilol Chakichi. Tashkilotda a’zo mamlakatlar Madaniyat vazirliklari tomonidan tayinlangan vakillar ham faoliyat yuritmoqda.

TURKSOYga aloqador muassasalar

Turk Davlatlari Tashkiloti, Xalqaro Turk Akademiyasi, Turkiya Parlament Assambleyasi va Turk madaniyati va merosi fondi TURKSOY hamkorlikda ish olib borayotgan qardosh tashkilotlardir. TURKSOY, shuningdek, bir xil tamoyil va maqsadlarga ega boʻlgan koʻplab munitsipalitetlar, universitetlar va nodavlat tashkilotlar, YUNESKO, ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik qiladi.


Oqil Abdubarnoyev tayyorladi

Report Page