Turkiy tillar kuni
”Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati“TURKIY TILLAR BIRLIGI – BIR ILDIZ, BIR TIL, BIR MADANIYAT” MAVZUSIDA MA’RIFIY ANJUMAN
25.12.2025 yil
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Butunjahon turkiy tillar kuni munosabati bilan “Turkiy tillar birligi – Bir ildiz, bir til, bir madaniyat” mavzusida ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu loyiha turkiy xalqlarni asrlar davomida birlashtirib kelgan umumiy til, adabiy meros va madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, turkiy ziyolilar, shoir va yozuvchilar ilmiy-ijodiy merosini ommalashtirish, shuningdek, yosh avlodda turkiy tillar va madaniyatga nisbatan qiziqish va hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida takil qilingan.
Joriy yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasida 15 dekabr kunini Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qilingan. Xalqaro hamjamiyat ushbu kunni insoniyatning umumiy merosini boyitadigan til xilma-xilligini tan olish yo‘lidagi muhim qadam deb hisobladi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy ijodkorlar, adabiyot va madaniyat sohasi vakillarining ishtiroki ta’minlanadi. Tadbir davomida tilga, xususan turkiy tillarga bo‘lgan qiziqish va e’tibor yoshlar orasida yanada kengroqtarg‘ib etish, turkiy xalqlar birdamligini yanad mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Turkiy xalqlar adabiyoti va kitoblarini bir joyda jamlovchi kitob yarmarkasi tashkil etilib, unda o‘zbek, turk, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon va turkman adabiyoti namunalari ko‘rgazma qilinadi. Mualliflar bilan uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etiladi. Loyiha turkiy tillar va madaniyatning birlashtiruvchi salohiyatini yanada ochib berish, xalqlar o‘rtasida madaniy do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarda turkiy tillarga muhabbat va qiziqish uyg‘otishga xizmat qiladi. Loyiha orqali turkiy xalqlar tillari, adabiyoti va madaniy merosi keng targ‘ib etilib, yoshlar va jamoatchilik orasida turkiy tillar o‘rtasidagi yaqinlik va birlik g‘oyasi mustahkamlanadi.
Tadbir davomida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan “Ezgu amal” loyihasi doirasida tojikistonlik va qozog‘istonlik vatandoshlar qalamiga mansub “Turkiston farzandiman”, “Hayrat suratlari” va “Qalb tug‘yoni” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi nashrlarning mazmun-mohiyati, adabiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati haqida iliq fikrlar bildirdi.
“Vatandoshlar” jamoat fondi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda 2025 yilda samarali ishlar amalga oshirildi. AQSHda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun “Ma’naviyat” festivali o‘tkazildi. Qolaversa, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar uchun o‘zbek tili kurslari, ma’rifat soatlari tashkil etilishi reja qilingan. Maqsad–xorijdagi vatanoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, mamlakatda bo‘layotga islohot va o‘zgarishlardan ularni ham boxabar qilib turishdan iborat.
Anjumanda adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda xorijdan tashrif buyurgan vatandoshlar ishtirok etadi. Ma’rifiy tadbirda "Vatandan so‘zlar" loyihasiga start beriladi va bunda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ekspertlari tomonidan saralangan 10 minga yaqin badiiy kitoblar xorijda istiqomat qiluvchi vatandishlarimizga yuboriladi.
2026 yilda ham hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalangan. Shuningdek, mart oyida “Markaziy Osiyo ovozi” – “Markaziy Osiyo ovozi” – “Voice of Central Asia” qo‘shma konsert dasturi tashkil etiladi. Loyihaning maqsadi, Markaziy Osiyo davlatlarida istiqomat qilib, o‘zbek tilida ijod qilayotgan yosh iste’dod egalarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.