🇹🇷🇺🇿"Turkish Airlines" aviakompaniyasi "Urganch xalqaro aeroporti" MCHJ bilan muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'yishi mumkin

🇹🇷🇺🇿"Turkish Airlines" aviakompaniyasi "Urganch xalqaro aeroporti" MCHJ bilan muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'yishi mumkin

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati

Bugun, 24-mart kuni "Urganch xalqaro aeroporti" MCHJ CIP zalida, aeroport rahbariyati va "Turkish Airlines" aviakompaniyasining vakillari o'rtasida yangi aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokara o'tkazildi.

Uchrashuv avvalida aeroport direktori turizm sohasi vakillari va mamlakatga keladigan mehmonlarning salomatligini asrash, havo kemalari va yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida to'xtalib o'tdi. 

Muzokara vaqtida turkiyalik vakillar aeroportning xavfsizligi, uchish-qo'nish va burilish yo'laklari, Urganch aeroporti qanday turdagi havo kemalariga xizmat ko'rsata olishi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi. 

Aeroport direktorining birinchi o'rinbosari Ruslan Agabullayev, turkiyalik hamkasblarining murojaatlari va savollarini tinglab, kelgusi aviaqatnovda aeroport "Turkish Airlines" havo kemalariga va yo'lovchilariga kafolatli xizmat ko'rsatishga tayyor ekanligi haqida o'z fikrini bildirdi va ularning savollariga javob berdi. 

Ikki taraf ham o'zaro tinglandi va tez orada shartnoma imzolanishi haqida Turkiyalik vakillar o'z takliflarini bildirib o'tdi. 

Ma'lumot o'rnida, 28-martdan boshlab “Uzbekistan Airways” Istanbul shahriga Farg’ona va Urganch aeroportlaridan muntazam qatnovlar yo’lga qo’yganligini e’lon qilgan edi.


Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati

















Report Page