Turkcha keks

Turkcha keks

⏳


Bugun sizlar bilan juda ham mazali bo'lgan turkcha shokoladli keks tayyorlaymizπŸ˜‹ 🍫


πŸ§‘β€πŸ³ Kerakli masaliqlar:

βœ… Tuxum – 2 dona

βœ… SHakar – 200 gr

βœ… Tuz chimdim

βœ… Vanil shakari – 1 choy q

βœ… Sut – 100 ml

βœ… Un – 200 gr

βœ… Kakao – 50 gr

βœ… Razrixlitel – 1 choy qoshiq

βœ… O'simlik yog'i – 100 ml


πŸ§‘β€πŸ³ Kremi uchun:

βœ… Sut – 600 ml

βœ… Kraxmal – 30 gr

βœ… Un – 20 gr

βœ… SHakar – 60 gr

βœ… Vanilin – 1 choy q.

βœ… Sariyog' – 150 gr (videoga tushmay qoldi)


πŸ§‘β€πŸ³ Bezash uchun:

βœ… Sut – 300 ml

βœ… Kakao


πŸ§‘β€πŸ³ Tayyorlanishi:


Idishga 2 ta tuxumni chaqib solamiz, unga shakar, tuz, vanil shakari va sut qo'shamiz. So'ngra un, kakao va razrixlitelni elakdan o'tkazib solamiz. O'simlik yog'i quyib, bir massa bo'lgunicha yaxshilab aralashtiramiz. Massamizni qolipga joylab oldindan qizdirib qo'yilgan duxovkada pishirib olamiz.


β€” Kremi uchun sutga kraxmal, un shakar va vanilin qo'shib, aralashtiramiz. Oxirida sariyog' solib yana aralashtiramiz. Pishirib olgan biskvitimiz ustini cho'p bilan teshib chiqamiz. Sut quyib, keyin kremimizni ustidan quyamiz. Ustiga kakao sepib, muzlatgichga olib qo'yamiz. Ma'lum vaqtdan so'ng olamiz va u iste'molga tayyor.

turkona_cooking sahifasidan olindi

Yoqimli ishtaha, azizlar❀️

Kunlik_retseptlar kanali

Report Page