Turkcha keks 😍😋

Turkcha keks 😍😋


Eng avval like bosing va albatta saqlab oling.

Keks uchun:

🍰 3 ta tuxum

🍰 bir chimdim tuz

🍰 300 gr shakar

🍰 1 choy qoshiq vanilin

🍰 150 ml sut

🍰 50 ml o’simlik yog’i

🍰 un

🍰 2 choy qoshiq razrixlitel

🍰 Propitka uchun 300 ml sut

🍰 700 ml sut

🍰 2 choy qoshiq un

🍰 1 choy qoshiq kraxmal

🍰 1 choy qoshiq vanilin

🍰 yarim piyola shakar

🍰 70 gr sariyog’

Kattaroq idishga tuxum, bir chimdim tuz, shakar, vanilin hamda sut solib yaxshilab aralashtiramiz.

Elakdan un, kakao, razrixlitelni o’tkazamiz va aralashtiramiz. Ustidan yog’ni ham quyib yana bir xil massa bo’lgunicha aralashtirib olamiz.

Idishimizni yog’lab massani quyamiz va oldindan qizdirilgan duxovkada 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz, cho’p bilan tekshirib olamiz pishganini. Keyin aynan shu cho’pda keks ustini teshikcha qilib chiqamiz.

Kremini tayyorlaymiz, idishga sut, un, kraxmal, vanilin, shakarni solib aralashtiramiz. Krem holiga kelgunicha tinmay aralshtirib turamiz. Quyilgandan keyin slivichni masloni solib yana aralashtiramiz

Keksimiz ustidan sutni quyamiz, aynan sut quygandan keyin keks namlanib judayam mazali yumshoq bo’ladi. Endi kremni surib ustidan kakao sepamiz.

Keksimizni 1 soatga muzlatgichda qoldiramiz.

Mana, yumshoqqina og’izda eriydigan shirinligimiz tayyor, issiqqina choylar bilan dasturxonga tortsangiz ayni muddao,

bu retseptim ham sizlar uchun foydali bo’ladi degan umiddaman.

taomlar_uz sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page