Turan Security bugun 1 yoshga to'ldi!

Turan Security bugun 1 yoshga to'ldi!

TuranSec

Bir yil oldin to'rt kishilik jamoa bilan ishga tushirilgan kompaniya, bugun ulkan rejalar bilan yangi yutuqlarga erishib, mustahkam poydevor yaratdi. Alloh xayrli va davomli qilsin!


Jamoa a'zolarining erishgan natijalari:


✅ Xalqaro darajada tan olingan 15 ta imtihonda o'z bilimlarini ko'rsatib sertifikatga ega bo'lishdi.

✅ Xalqaro kiberxavfsizlik konferensiyalarida faol qatnashishdi (BlackHat - London, GiSec Global - Dubay, HackTrick24 - Anqara, Kazhackstan - Olmaota).

✅ Toshkent shahrida tashkil etilgan kiberxavfsizlik sammiti doirasida tashkil etilgan CTF (Capture the flag) musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritishdi.


Oʻtgan 365 kun ichida Turan Security jamoasi safi 4 tadan 10+ tagacha kengaydi. Yakunlangan loyihalar soni esa 70 dan oshdi.


Agar sutkalarga solishtiradigan boʻlsak, har 5 kunda bir loyihani yakunladik. Bularni ichida veb-sayt, mobil ilova, billing tizimi, katta CRM loyihalar va kompaniyalarning ichki ekotizimlari mavjud.


Bir yil davomida sinovli, tajriba va yutuqlarga boy kunlarni o'tkazdik. Erishgan har bir katta va kichik natijalarimiz: hamkorlarimiz, sertifikatimiz, jamoaga qo'shilgan shogirtlarimiz, tanishgan insonlarimiz, qilgan to'g'ri va xato qarorlarimiz biz uchun juda qadrli. Bizga ishongan va bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat!


Muvaffaqiyatimizning siri – o‘z qadriyatlarimizga sodiqlikdir. Jamoamiz bilan bir oila bo'ldik, har bir jamoa a'zosiga shaxsiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratdik, hamkorlarimizga doimiy qo‘shimcha qiymat berishga harakat qildik va olgan bilimlarimizdan to'g'ri yo‘lda foydalandik.


Kelajakdagi maqsadlarimiz katta!

✅ Kiberxavfsizlik sohasiga qiziquvchi yoshlarni real amaliyotlar asosida mutaxassis qilib tayyorlash va ularning yuqori daromad olishiga yordam berish.

✅ O'zbek tilida sifatli darslik va video materiallar tayyorlash.

✅ Barcha xususiy va davlat tashkilotlarida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga hissa qo‘shish. 

✅O'zbekistonda kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish va TOP kompaniyalar qatoriga qo'shilish.


Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun juda katta loyihalar ustida ishlayapmiz. Tez orada yangi loyihalarimizni e'lon qilamiz.


‼️ Turan Security endi katta kompaniya. Bizga ishoning, bizni qo'llab-quvvatlang, bizni tavsiya qiling.



Report Page