Tungi xizmatdagi xodimlar tomonidan yana bir oʻgu tarqatuvchi faoliyatiga chek qoʻyildi

Tungi xizmatdagi xodimlar tomonidan yana bir oʻgu tarqatuvchi faoliyatiga chek qoʻyildi

IIBB Axborot xizmati

Gumonlanuvchi shahar hududida bir nechta joylarga polietilen paketlarga qadoqlangan giyohvand moddalarni yashirib ketayotgani aniqlanib, qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Joriy yilning 7-aprel kuni Chirchiq shahri hududidan oʻtgan kanal yoqasida oʻzini shubhali tutgan shaxs tungi xizmatga jalb qilingan shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari eʼtiborini tortadi.

1996 yilda tugʻilgan fuqaro Gʻ.M. xodimlar tomonidan toʻxtatib tekshirilganida, uning yonidan 21 dona sariq polietilen paketlarda qadoqlangan giyohvand moddasiga oʻxshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

IIBB Axborot xizmati

Oʻtkazilgan surishtiruv davomida u, shahar Chinara hududiga 1 dona, hudud yaqindagi anhor boʻyiga 3 dona xuddi shunday sariq polietilen paketga qadoqlangan sintetik moddalarni yashirganligi va keyinroq ularni ijtimoiy tarmoqda (lokatsiya) orqali sotmoqchi boʻlganligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati

Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Hurmatli yoshlar va ota-onalar ogoh boʻling!

Vaqtinchalik huzurni yoki oson pul topishni koʻzlab, oʻzingiz yoki farzandingiz kelajagiga qora dogʻ tushishiga yoʻl qoʻymang.

IIBB Axborot xizmati




Report Page