Tungi xizmatdagi IIB xodimlari tomonidan qadoqlangan giyohvand modda olib yurgan shaxs (zakladchik) ushlandi
IIBB Axborot xizmatiToshkent viloyati boʻylab Ichki ishlar organlari xodimlarining tungi xizmat faoliyati kuchaytirilgan tartibga oʻtkazilib, keng masshtabda nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha Chirchiq shahridagi Tibbiyot kolleji yonida turgan avtomashinada shubhali harakatlar qilayotgan shaxslar, shu hududda tungi xizmatni oʻtayotgan hududiy IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan koʻzdan kechirildi.
Jarayonda 1999 y.t. shaxs (A.X.)ga tegishli Matiz avtomashinasi eshiklari orasida paket oʻramlarga qadoqlangan gashish (ekspertiza xulosasi) giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIBB Axborot xizmati