Tungi xizmatdagi IIB xodimlari tomonidan oʻgʻrilik qilayotgan shaxslar voqea joyida ushlandi

Tungi xizmatdagi IIB xodimlari tomonidan oʻgʻrilik qilayotgan shaxslar voqea joyida ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Yuk avtomashinasi katalizatorini yechib ketayotgan bir guruh shaxslar tungi xizmatga jalb qilingan PPX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Kuni kecha, soat tungi 02:35 larda Angren shahar “Ulugʻbek” mahallasi hududida turgan yuk avtotransportlari oldida shubhali harakatlar qilayotgan 4 nafar shaxslar shu hududda tungi xizmatni oʻtayotgan IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan kuzatilgan.

Natijada, 21-38 yoshli 4 nafar shaxs yuk mashinasidan 2 dona katalizator (ehtiyot qismi)ni yashirin ravishda yechib olganligi aniqlangan va ehtiyot qismlar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilgan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

IIBB Axborot xizmati



Report Page