Tumanda 2 milliard 38 million so`mdan ortiq ustamalar to`lanmay kelinayotganligi aniqlandi !

Tumanda 2 milliard 38 million so`mdan ortiq ustamalar to`lanmay kelinayotganligi aniqlandi !


Namangan tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan viloyat Adliya boshqarmasining tegishli topshirig`iga asosan, "Umumiy о‘rta ta’lim maktablari xodimlari hamda pedagog-о‘qituvchilariga Normativ-huquqiy xujjatlarlda kо‘rsatilgan imtiyoz va afzalliklarni amalda qо‘llanilayotganlik ahvoli"ni o`rganish yuzasidan o`tkazilgan monitoring tadbirlarida, tuman Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 35 ta ta`lim muassasining 300 ga yaqin o`qituvchi va murabbiylariga nisbatan 2 milliard 038 million 716 ming 714 so`m qiymatdagi ish haqqiga ustamalar va kompensatsiyalar

to`lanmay kelinayotganlik holati aniqlandi.

O`tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida hozirgi kunda amalda bo`lgan 28 ta qonunchilik hujjatlari bo`yicha jami 56 turdagi imtiyozlar qo`llanilishi belgilanganligi lekin aksariyat hollarda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2010 yildagi PQ-1315-sonli (jismoniy tarbiya o`qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan ayol o`qituvchilarga 15% ustama), 10.12.2012 yildagi PQ-1875-sonli (qishloq hududida

joylashgan ta`lim mussasasidagi chet tili fani o`qituvchilariga 30%, boshqa hududlarga 15% ustama), 03.05.2019 yildagi PQ-4306-sonli (asosiy fan olimpiyadalarning respublika bosqichi g`oliblariga 100 % ustama) qarorlari asosida ustamalar to`lab berilmayotganligi ma`lum bo`ldi.

Monitoring natijalari yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi hamda tuman Adliya bo`limiga tegishli tartibda xabarnomalar taqdim etildi.

Namangan tumani yuridik xizmat ko`rsatish markazi

 



Report Page