Tuman hokimi “Cho’lobod” mahallasidagi aholi tomorqalarida ertagi ekinlar ekilish jarayoni bilan tanishdi.

Tuman hokimi “Cho’lobod” mahallasidagi aholi tomorqalarida ertagi ekinlar ekilish jarayoni bilan tanishdi.

Bo'ka tumani hokimligi Axborot xizmaati

Bugun tuman hokimi B.Begmatov aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Cho’lobod” mahallasida yashovchi fuqarolarning xonadonida bo'ldi. 

Dastlab tuman hokimi 14 sotix issiqxona usulida qulupnay yetishtirish faoliyati bilan shug'ullanayotgan D.Abdusalomov xonadonida bo'ldi. Tuman hokimi tomonidan ushbu issiqxonada 32 ming tup qulupnay ko'chatlari borligini inobatga olib, 

  • o'rtacha 8 tonna qulupnay hosilini yetishtirish, bu orqali kamida 160 million so'm (1 kg = o'rtacha 20 ming so'mdan), 
  • qator orasiga 12 ming tup bulg'or qalampirini ekish orqali o'rtacha 12 tonna hosil olish va kamida 240 million so'm (1 kg = o'rtacha 20 ming so'mdan)
  • shuningdek 32 ming tup qulupnay ko'chatlarini yetishtirish orqali 48 million so'm (1 tupi = 1500 so'mdan), umumiy 450 million so'mgacha daromad olish mumkinligi oddiy hisob-kitob orqali tushuntirib berildi.

Shundan so'ng, tuman hokimi mahalla raisi hamrohligida B.Akbarovning (35 sotix) tomorqasida bo'lib, ko'chat va ertagi kartoshka ekish jarayonlari bilan tanishdi. 

Tuman hokimi tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish, bu orqali nafaqat ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, balki mahsulotlarni eksportga yo'naltirish imkoniyatlarini ham ko'rib chiqish lozimligi ta'kidlandi.

O'rganish yakunida Namuna ko'chasi 16-uyda yashovchi Sh.Buxarovaning xonadonida bo'lib, 60 sotix yer maydonida tashkil etilgan plyonka ostida rediska mahsulotlari yetishtirish jarayoni ko'zdan kechirildi. Tuman hokimi tomonidan 60 sotix yer maydonida o'rtacha hisobda 3600 kg rediska yetishtirish mumkinligi, eng past narxda 10 ming so'mdan sotiganda birinchi hosilni o'zidan o'rtacha 36 million so'm, 3 martagacha hosil olish imkoniyatini inobatga olsak qariyb 100 million so'm daromad olish mumkinligi misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, xonadon egalariga ushbu yerda dehqon xo'jaligini tashkil etish, bu orqali bir qator imtiyozlarga ega bo'lish bilan birga, faoliyatini kengaytirish orqali ko'plab qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lishi to'g'risida ma'lumot berildi.


Ma’lumot uchun, “Cho’lobod” mahallasida jami 70 gektar maydonda issiqxnonalar tashkil etilgan bo’lib, ushbu issiqxonalarda yiliga 3500 tonnagacha turli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiriladi va ichki bozorga yetkazib beriladi. 


Bo'ka tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page