Tug‘ilajak tarixiy kun...

Tug‘ilajak tarixiy kun...

https://t.me/natlibuz

“Avgust voqealarini olib ko‘raylik. Oliy Kengash ta’tilga chiqqan, mamlakat Prezidenti Qirimga dam olishga ketgan, biroz tinch osuda hayot ma’romi: dehqon dalasida, ishchi o‘z dastgohi yonida bunyodkorlik mehnati bilan mashg‘ul. Bu, ta’bir joiz bo‘lsa, kuchli bo‘ron oldidan hukm surgan aldamchi sukunat ekan. Kutilmaganda... davlat to‘ntarishi, nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo uch kun moboynida qalqib turdi. Xayriyatki fitna barbod bo‘ldi, demokratik kuchlar g‘alaba qozondilar!... 

         1991-yil 31-avgust o‘zbek xalqi tarixiga zarxal harflar bilan yozib qo‘yilsa ajab emas, Kalendarimizda shu kun varag‘i qizil bo‘lib chiqsa, uni katta shodu-hurramlik bilan bayram qilsak qaniydi” deya orzu qilgani va Prezident M. S. Gorbochyovning KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi vakolatini o‘z zimmasidan soqit qilishi qarori haqida “Halq so‘zi” – “Народное слова” ijodiy jamosaining 1991-yil, 31-avgust, shanba kunidagi 168-sonli gazetasida O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi kun tartibi xususidagi o‘ylar maqolasida o‘qishingiz mumkin.


Report Page