Trubochka shirinligi judayam mazali nachinkali 🤩
Un 280 gr
Saryog' 100 gr
Shakar 40 gr
Tuz bir chimdim
Vanilin
Razrixlitel 5 gr
Smetana 100 gr
Tuxum sarig'i 1 dona
70 gr mayiz
50 gr yong'oq
Mayizni 15 daqiqa qaynoq suvga ivitib, quritib olamiz
Blendrda mayiz va yong'oqni maydalab olamiz. Agar shirinroq bo'lsin desangiz shakar qo'shing.
Elangan unga tuz, vanilin, razrixlitel solib aralashtiramiz.
Sovuq saryog'ni qo'shib kroshka holatga keltiramiz
Tuxum sarig'i va smetana solib ko'p aralashtirmasdan hamir qoramiz
Hamirlarni teng bo'lakka bo'lamiz
Alohidadan yoyib bir tomonini kesib videodagi kabi trubochka qilib o'raymiz
Ustiga tuxum sarig’iga sut solib suramiz
170° C da tepa past rejimda 20 daqiqa pishirib olamiz
Pishgach ustiga shakar pudrasini sepib qo'yamiz
Yoqimli ishtaha 😋
Alena_rst sahifasidan olindi