Troyan-Backdoor'lardan saqlaning

Troyan-Backdoor'lardan saqlaning

MohirDev - onlayn ta'lim platformasi

Quyidagi 10 ta tavsiya sizni Troyan-Backdoor'laridan himoyalanishga yordam beradi:

1. Ishonchli antivirusdan foydalanish, antivirus ma'lumotlar bazalarini muntazam yangilab turish.

2. Tasdiqlanmagan manbalardan ilovalarni o'rnatishda ehtiyot bo'lish.

3. Firewall o'rnatish va foydalanilmagan tarmoq portlarini o'chirish.

4. Tizimni muntazam ravishda viruslarni aniqlash uchun, shubhali jarayonlar va trafik uchun skanerlash.

5. Dasturiy ta'minot yangilanishlarini o'z vaqtida o'rnatish (zaifliklarni yopish uchun).

6. Har doim murakkab parollardan foydalanish.

7. Ma'lumotlarni zaxiralash (Alohida boshqa yerda nushasini saqlash).

8. Parol bilan himoyalanmagan umumiy Wi-Fi tarmog'iga ulangan holda maxfiy ma'lumotlarni kiritishdan saqlanish.

9. Trafikni shifrlash va anonimlashtirish vositalaridan foydalanish (VPN, Tor). VPN, Tor, trafik va ma'lumotlarni shifrlash kabi vositalar haqida gapiradigan bo'lsak. Umumiy Wi-Fi tarmoqlarida ishlashda VPN-dan foydalanish Xakerlardan trafikni yashirish va shifrlashga yordam beradi. Tor, tarmoq ulanishlarini anonimlashtirishni ham ta'minlaydi. Disklarni va alohida fayllarni shifrlash Backdoor bilan zararlangan taqdirda ma'lumotlarni olishga imkon bermaydi.

10. Backdoor'larga kirishning keng tarqalgan usullaridan biri begonalardan yuborilgan elektron pochta yoki hujjatlarga biriktirilgan zararli fayllar hisoblanadi. Hech qachon tanimagan odamlardan .pdf .exe, .scr, .lnk va shunga o'xshash har qanday formatdagi shubhali fayllarni ochmaslikni tavsiya qilaman - bu kompyuterga zararli dasturni yuqturib olishga olib kelishi mumkin. Dasturlarni to'g'ridan-to'g'ri tasdiqlanmagan manbalardan Linklardan yuklab olish va o'rnatish ham xavfli hisoblanadi - faqat rasmiy ilovalardan foydalanish.

Report Page