Treyding musobaqasi: 50 000 000 so'mgacha yutib oling!

Treyding musobaqasi: 50 000 000 so'mgacha yutib oling!

"Toshkent" Respublika fond birjasi

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va mahalliy kapital bozoriga yangi investorlarni jalb qilish maqsadida “Toshkent” Respublika fond birjasi, Jett.uz investitsion servis bilan birgalikda hamda homiylar Leader Finance Capital va Hamkor bank ko‘magida O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorida chakana investorlar o'rtasida savdo tanlovini e'lon qiladi. Texnologik hamkor – Jett.uz investitsion servis.

Musobaqa 2024-yil 1-iyuldan 30-sentabrgacha davom etadi. Usbu bellashuvda ishtirok etish Jett.uz orqali, agar Jett.uz’da akkaunt mavjud bo‘lsa, fondbozori.uz portali orqali amalga oshirilishi mumkin.

Mukofot fondi:

  • 1 o'rin: 50,000,000 so'm
  • 2 o'rin: 30,000,000 so'm
  • 3 o'rin: 20,000,000 so'm

Ishtirok etish uchun talablar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining barcha xohlo'vchi rezidentlari – jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin (yashash joyidan qat’i nazar)
  2. Ishtirok etish uchun siz yangi hisob ochishingiz yoki “Toshkent” RFB aʼzolaridan birida mavjud hisob raqamiga ega boʻlishingiz va uni Jett.uz xizmatiga qoʻshishingiz hamda musobaqaga roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.
  3. Bellashuvga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida balansingizda kamida 500 000 so‘m pul mablag‘i bo'lishi talab etiladi.
  4. Musobaqa tugagunga qadar ro‘yxatdagi kamida 5 ta turli qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish.
  5. Musobaqa tugagunga qadar ro'yxatdagi qimmatli qog'ozlar bilan kamida 100 ta bitimlar o'tkazish.

Tanlov qoidalari va shartlari, shuningdek, hisob-kitoblar va g‘oliblarni aniqlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumot uchun havolaga o‘ting: Batafsil ma’lumot.

Report Page