Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

EconomyPress

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” bo‘yicha to‘rtinchi yo‘nalishi asosida 2018-2021-yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Yo‘l xo‘jaligi sohasida:

O‘tgan 2018-2021-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yo‘l xo‘jaligi sohasida keskin ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikamiz hududida 2018-2021-yillar davomida jami 19,8 trln.so‘m mablag‘lar hisobiga 45,3 ming kmdan ortiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo ichki yo‘llarda qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash ishlari olib borildi.

Xususan:

A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 125 km qismi rekonstruksiya qilindi;

A-373 “M-39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 58 km qismi sementbeton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilindi;

M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 115 km qismi asfaltbeton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilindi;

A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 208-274 km qismini aylanib o‘tishda Sirdaryo daryosi ustiga 250 pm uzunlikdagi ko‘prik qurildi;

Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan o‘tuvchi 19,2 km uzunlikdagi yangi yo‘nalishdagi avtomobil yo‘li qurildi.

Sohaga xalqaro moliya institutlari, jumladan Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi hamda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari respublikaning xalqaro koridorlarini rekonstruksiya qilishga faol jalb etilib, 2018-2021 yillar davomida 339,7 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib 497 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari sementbeton qopla bilan rekonstruksiya qilindi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page