“Transportchilar bog‘i”ni barpo etamiz!

“Transportchilar bog‘i”ni barpo etamiz!

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Davlat Dasturida “Yashil makon” umummilliy loyihasi Doirasida har yili 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekish vazifasi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F-son farmoyishi 1-ilovasiga muvofiq, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan bo‘lib, respublikada joriy yil bahor mavsumidagi tadbirlar doirasida 125 mln tup ko‘chat ekilishiga vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul etib belgilangan.

“Vazirlik bog‘i”ni barpo etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini biriktirish vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatilgan.

Yuqoridagi qaror va farmoyishlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati viloyati hokimligi tomonidan Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasiga “Transport bog‘i”ni barpo etish uchun belgilangan tartibda yer maydoni ajratilib, hozirda yerni begona jismlardan tozalash va ekishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati Transport boshqarmasi axborot xizmati.

Report Page