Transforming life

Transforming life

Mamlakat Akramova

Buyuk Britaniya Qirollik biologiya jamiyati “Transforming Life” mavzusida fotosuratlar tanlovini tashkil etmoqda. Tanlovda faqat havaskor fotograflar o'zlarining iqlim, ob-havo va mavsumiy o'zgarishlarning yerdagi hayotga ta'sirini ochib beruvchi fotosuratlari bilan bepul qatnashishi mumkin.

Shuningdek, bu yilgi mavzuni molekulyar yoki hujayra darajasida o'rganuvchi, faqat mikroskop yordamida aniqlanadigan tabiat va iqlimdagi ta'sir yoki o'zgarishlarni tasvirlaydigan fotosuratlar ham qabul qilinadi.

Ma'lumot uchunQirollik biologiya jamiyati (https://www.rsb.org.uk/about-us) biologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan tashkilot bo'lib, hukumatga shu soha bo'yicha maslahatlar beradi, siyosatga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, ta'lim sifatini oshirishni qo'llab-quvvatlaydi va tabiiy fanlarga jamoatchilik qiziqishini rag'batlantiradi. Tashkilot Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan.

Tanlovning avvalgi mavsumlardagi g'oliblari va ularning ishlari bilan batafsil ushbu havola (https://www.rsb.org.uk/get-involved/rsb-competitions/photography-competition)    orqali tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

·        Tanlovda tashkilot xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari, tanlov homiylari, hakamlar va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari barcha qatnashishi mumkin;

·        O'tgan mavsum g'oliblaridan tashqari barcha qatnashchilar tanlovda yana ishtirok etishlari mumkin;

·        Har bir ishtirokchi tanlovda 3 tagacha fotosurat bilan qatnashishi mumkin;

·        Taqdim qilingan fotosuratlar avval sotuvga taklif qilinmagan, nashr etilganligi uchun to'lov amalga oshirilmagan yoki boshqa fotosuratlar tanlovida g'olib bo'lmagan bo'lishi lozim;

·        Ishtirokchilardan suratga olish davomida o'zlarining va boshqalarning manfaatlarini hisobga olishlari talab qilinadi (amaliyot davomida atrof-muhit va hayvonlarga shafqatsiz muomalada bo'lganligi taxmin qilingan suratlar tanlovdan chetlashtiriladi);

·        Ishtirokchilar o'z ishining huquqiy egasi bo'lishi va mualliflik huquqlarini buzmasligi lozim.

Fotosuratlarga qo'yilgan talablar:

·        Fotosuratlar yuqori tiniqlikdagi JPEG yoki PNG formatida bo'lishi va hajmi 10MB dan oshmasligi lozim;

·        Fotosuratning eng uzun tomoni kamida 2,500 pikselni tashkil etishi kerak;

·        Tasvirga qo'shimcha elementlar qo'shish mumkin emas;

·        Fotosuratning olingan vaqti saqlanishi lozim;

·        Alohida tasvirlar bir vaqtning o'zida bir xil joyda olinishi kerak; 

·        Oq va qora fotosuratlarga ruxsat beriladi;

·        Printerda nusxalanib, keyin skaner qilingan ishlar qabul qilinmaydi;

·        Sifatini buzmagan holatda fotosuratga ishlov berish (kesish, yengil sayqallash, kuydirish) mumkin;

·        Tanlov hakamlari saralashdan o'tgan ishlarning asl nusxasini talab qilingan taqdirda ishlar ishtirokchilar tomonidan taqdim qilinishi shart.

Eslatma: Tashkilotchilar suratlardan tanlovni ommalashtirish va targ'ib qilish maqsadida foydalanish huquqiga ega.

Foydali tomonlari

·        Tanlovda bepul ishtirok etish;

·        Tanlov 2 ta yo'nalishdan iborat va g'oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

o   Yil fotografi (18 yosh va undan yuqori) — 1000 funt sterling pul mukofoti;

o   Yilning yosh fotografi (18 yoshgacha) — 500 funt sterling pul mukofoti.

Hujjat topshirish

·        13 yoshga to'lmagan nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari uchun yoshni tasdiqlovchi hujjat va ota-onasi yoki vasiylaridan rozilik arizasi taqdim qilishi kerak;

·        Eslatma: Topshirilgan arizalarni qayta tahrir qilib bo'lmaydi.

Hujjat topshirish: https://my.rsb.org.uk/item.php?competitionid=53

Qoʻshimcha maʻlumotlar

·        Saralashdan o'tganlar ro'yxati 2024-yil sentabr oyida;

·        G'oliblar 2024-yil oktabr oyida RSB saytida e'lon qilinadi;

·        Oxirgi muddat: 21-iyun, 2024-yil (03:59);

·        Email: engagement@rsb.org.uk

·        Tel: 020 3925 3440.

 

Report Page