Trans

Trans

Zubayda Otaxonova

Translar!


Oʻzbekistondagi translarning taxminiy sonini bilasizmi?

-10 tacha -Yoʻq! -Yuzmi?

Ijirgʻanishadi. Nomi oʻchsin, deydi onam. Eshitiboq jirkanamiz-a? Yodimizga yoqimsiz bir narsa va eʼtiqod keladi. Eʼtiqod!

....

-Kelnoyi, qishlogʻimizda qancha trans bor?

-Transing nima?

-Jinsini oʻzgartirish

-Astagʻfirulloh de

-Astagʻfirulloh. Endi taxmin qilingchi, qancha trans bor?

Kelnoyimni yuzi oʻzgaradi. Kim? KIM shuqaqa qipti-aa, tavbaaaa, kim?

-Taxmin qiling qancha?

-Bilmadim bittadir ikkitadir.

-Yoʻq!


   Men 6 yildan beri bir yoʻldan shaharga va yana uyga 25 km bosib oʻtaman. Yoʻlda qancha trans koʻraman, bilasizmi? Balki oʻnlab, balki... yuzlab? Kelinoyimdan soʻrayman:

-Falonchi biyi nega erini uribdi oʻzi, astagʻfirulloh

-Eri ichib kepti

-Eri ichgani uchun xotini uni uribtimi?!

-Uradida, xotini topgan pulga ichib kesa.

  Men bu gapni 2 yil avval eshitib oʻsha ayoldan nafratlanganman. Ichimdagi ilon gʻimirlashni boshlaydi. Pul topish uchun non yopib koʻrgan, narsa olib sotib koʻrgan, pishiriq, doʻkon, tekstil, bozor, har goʻr... Oyim pul berayotib har na bolalariga yordam, oʻzi yoqimsiz, bolalarini koʻzim qiymaydi... degan mahallamizdagi shallaqi xotin koʻz oldimga keladi. Hozir oʻylayman: Trans!

Oʻtkan yil qish. -17°C. Uyda onam olmalar muzlab qolganini aytdi. Sovuq qimmat paltomdan oʻtib ketdi. Ijara uyga tezroq yetish kerak! Jon-jonim ogʻrib ketdi. Domlar oralab yurdim. Qandaydir munosabat bilan domlarni oqlab yurgan 20tacha xotinni koʻrganimdayam shu xayol miyamni gʻajidi. Ichimdagi ilon yuragimni chaqadi: Nega bu trans erkaklardan hech kim ajablanmaydi? Vish-vish. Nega bu translarga parvo qilmaymiz? Vish...Vish... Ilon bolalaydi. Oʻnlab bolalari oʻnlab xayol tugʻadi. Vish-vish... 6 yillik yoʻl. Ha-haaa. U yoʻlda 10lab dalalar va paxta dalalari bor. Nega dalada 25 kglik paxtani oʻlchatgani keltirgan ayollarni transligini fosh qilishmadi? Ramazonda roʻza holida issiqxonada kunlikka ishlaydigan anavi translardan hech kim ijirgʻanmadi? Nega ulardan jirkanmaydilar? Nega shularni boʻralatib soʻkishmaydi kammentda? Ona ilon miyamga oʻrmalaydi: Jamiyatda trans erkaklar ortdi. Endi ayollar kerak. Ayollar! U translar pardozniyam, nozni ham unutdi. Ular nafis kiyim kiymaydi. Ular erkalik qilmaydi. Ular oʻziga qaramaydi! Endi oʻziga "oro beradigan" ayolga ehtiyoj tugʻildi. Va jamiyat tugʻdi– Jasmin*daylarni tugʻdi.

...

-Ayolning aroq sotib olishi qanchalik toʻgʻri?

-Men uni yoqlamayman, domla

-U oʻzidan jabrdiyda yasamay tugʻilgan kunini ertaroq eslatib qoʻyishi mumkin edi-ku?

-Ha, psixologlaram shuni aytadi. Ayol...mfbd.dldkk. Kdkd. Kkdh...)

...Miyamdagi ilon nimanidir oʻlja qilib yutadi: Viiiiiish-Vishshshsh

Baqiraman: Uuuuuuuu! hatto yigʻlamadi! Tushunyapsizmi? Yigʻ-la-yol-maaaa-di. U! U nega aroq ichmasin? U qanaqasiga "Ayol"? ichimda yana bola ilonlar toʻlgʻonadi: vish, vish, vish: Trans! Javlon Jovliyevning "Ayol"ini muqaddas kimimnidir himoya qilganday himoyalashga tirishaman. Uni transga aylantirgan har narsadan jirkanib ketaman. Qani kammenti boʻlsa menam Xudodan olib Xudoga solsam. Kamment qidiraman. Trans! U tras! Shunga ichdi. Ichadi ham! Jamiyat buni qabul qilsin. Sizlaram qabul qilasizlar. Chunki bu translarni jamiyat tugʻdi. Chunki bu translarni biz! yaratdik. Biz ularni oʻzbekning matonatli ayoli deb shoyiga belab qoʻydik. Endi uni ichgani uchun qargʻashga kimni haqqi bor? "Ayol holiga" deyishga qaysingni hadding sigʻadi? Qani qaysing???

Ilon yeganlarini hazm qilish uchun endi jimib qoladi. Viiiiiish-vishshsh...


- Amaki, xotiningiz trans ekan-a

-Aaaa, nimalar deyapsan, kasalmisan?

-Mahallangizda qancha trasn bor?


?!


Zubayda Otaxonova

Report Page