TRANSFORMERS Education o'quv markazi haqida ma'lumot
Transformers EducationTRANSFORMERS Education- bu XXI asrning eng talabgor va serdaromad sohalari hisoblangan Robototexnika va Dasturlash bo'yicha zamonaviy STEM ta'lim tizimi asosida ta'lim beruvchi o'quv markazlar tarmog'i hisoblanadi.
TRANSFORMERS Education robototexnika va dasturlash o'quv markazi 2017-yil o'z faoliyatini boshlagan. Mana shu kungacha yuqori malakali o'qituvchilarimiz tomonidan o'quvchilarga robototexnika va dasturlash bo'yicha bilim berib kelmoqdamiz.
O'quvchilarimiz erishgan natijalari
Birgina 2019 - yilning o‘zida 1000 dan ortiq o‘quvchilarni o‘qitdik va ular Respublika va Xalqaro musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan: 2019 - yilda 32 ta davlat miqyosida bo‘lib o‘tgan xalqaro IRC - 2019 musobaqasi o‘quvchilarimiz 2 - o‘rinni qo‘lga kiritishdi va 4000 $ pul mukofotini yutib olishdi, Korea davlatida bo‘lib o‘tgan Robototexnika musobaqasi o‘quvchilarimiz 1 - o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari 6 ta Respublika musobaqasida 1,2,3- o'rinlarni qo'lga kiritishdi.


O‘quv markazimiz maqsadi
Hammamizga ma'lumki yurtimizda robototexnika va dasturlash sohasi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha orqada qolgan.
Bizning kompaniyamizning maqsadi: "Yurtimiz texnologiyasini dunyodagi eng oldi darajalarga chiqarish".
Buning uchun esa butun Respublika bo'yicha bu sohaga qiziquvchi yoshlarni o'qitib, ularni qo'llab quvvatlab, kuchli kadrlar tayyorlash. Natijada bu minglab kuchli kadrlar tomonidan minglab innovatsiyalar, ixtirolar qilinadi.
Albatta bu darajaga ko'plab tashkilotlar bilan hamkorlik qilib bosqichma-bosqich yetamiz.
Biz butun dunyoda robototexnika va dasturlash bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganib chiqgan holda ularning dasturlarini milliylashtiramiz, butun Respublika bo‘yicha robototexnika konstruksiyalarini yetkazib beramiz, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlab beramiz va butun Respublika bo'ylab ushbu sohaga, ya'ni Robototexnikaga, Dasturlashga qiziquvchilarni o'qitishni yo'lga qo'yamiz.
Hozirgi kundagi hamkorlarimiz
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Yoshlar ittifoqi, butun Respublika barkamol avlod markazlari.
O'qituvchi kadrlarimiz
Hozirgi kunda o'quv markazimizda 4, 5 yillik tajribaga ega 20 ta o'qituvchi kadrlarimiz mavjud. Rossiya, Xitoy, Belorussiya,Qozog'iston davlatlarida tajriba orttirib kelishgan. Ular doimiy tarzda o'quv dasturlari ishlab chiqish , Online darslar uchun video darslar tayyorlash va dars o'tish bilan shug'ullanishadi.
Filiallarimiz
O'quv markazimiz bosh binosi Toshkent shahri talabalar shaharchasida joylashgan. (Beruniy metro)
Hozirgi kunda Toshkent shahrida 2 ta filialimiz, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon,Toshkent viloyatining Angren shahrida filialarimiz mavjud. Bundan tashqari Toshkent shahridagi 6 ta barkamol avlodlarda dars berib kelmoqdamiz.
Online ta'limni yo'lga qo'ydik
Barchamizga malumki karantin davrida barcha o'quv dargohlarida ofline darslar to'xtatildi va biz bu vaqtda harakatdan to'xtamasdan bir oy davomida jamoamiz bilan online ta'lim tizimini ishlab chiqdik va uni testdan o'tkazdik. Endilikda o'quvchilar Respublikamizning istalgan joyidan, istalgan vaqtda, yo'lga vaqt va pul sarflamasdan o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Savol va takliflar uchun https://t.me/transformers_admin ga murojaat qiling.
Ijtimoiy tarmoqdagi manzillarimiz:
Telegram https://t.me/Transformers_Edu;
Instagram https://www.instagram.com/transformers_edu/?hl=ru;
Facebook https://www.facebook.com/transformers_edu-106803677373828/
YouTube https://www.youtube.com/channel/UC0fDoh3pN8R5nrYdvnc59YQ