Online tanlov shartlari va baholash mezonlari
Transformers Education
Video loyihalar 2 yo'nalish ya'ni
1.Robototexnika-Dasturlash;
2. Matematika-Fizika
bo'yicha qabul qilinadi.
Robototexnika-Dasturlash yo'nalishlarida ishtirokchi xalqqa foydasi teguvchi (tibbiyot,qishloq-xo'jaligi,bank, ijtimoiy) sohalarni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan qurilma yasashi yoki huddi shu sohalarga taluqli foydali dasturiy ta'minot(istalgan dasturlash tillarida bo'lishi mumkin: Scratch, C++, Python, Arduino va boshqalar) tuzishlari yoki qiziqarli o‘yinlar tuzishlari(istalgan dasturlash tilida) ushbu loyihalarni videoga olib jo'natishi shart. Video davomiyligi 2-4 daqiqadan oshmasligi kerak. Asosiy shartlar: vidoeda faqat loyiha egasi bo'lishi va u yaratgan loyihasini himoya qilishi shart
Olingan video lavha 3ta asosiy savollarga javob berishi kerak
1) Qisqacha tanishtiruv ism,familya,yosh va yashash manzili.
2) Loyihaning asosiy maqsadi (kimlar uchun foydali bo'lishi va nima uchun?)
3) Loyiha uchun ketgan qismlar bilan tanishtirish. Qaysi qurilma nima uchun javob berishi. Dasturiy ta'minot bo'lsa qaysi dasturlash tilidan foydalanganligi va shu haqida to'liq tushuncha.
Bundan tashqari videoning kirish qismida albatta loyihani ishga tushirilgan holatida ko'rsatish kerak bo'ladi.
Matematika va Fizika yo'nalishida esa ishtirokchi o'ziga yoqqan istalgan qiziqarli mavzuni matematika yoki fizika fanidan yoritib berish kerak bo'ladi. Ya'ni 4-7 daqiqa ichida video darslik tayyorlashi kerak bo'ladi. Ishtirokchiga katta imtiyoz bo'ladi, agar u mavzu yoritish paytida hayotiy misollar bilan tushuntirsa yoki biror bir tajribani amaliy ko'rsatib bersa;
Eslatma: Bir ishtrokchi faqatgina bir yo'nalishdan qatnasha oladi. Tanlovga loyihalarni qabul qilish 14 - aprel sanasidan boshlanadi.
Tayyor bo'lgan video loyihangizni @Transformers_Edu kanaliga o‘tib administratorga jo‘natasiz, har bir ishtrokchi faqat bir marta video jo'natish imkoniga ega!
Hurmatli ishtirokchilar ushbu Online-Musobaqamiz shaffof tarzda o'tishi tarafdorimiz. Sovrinni qo'lga kiritish uchun esa o'zingiz harakat qilasiz degan umiddamiz!
Musobaqa g'oliblarni aniqlash tartibi
📌 G'oliblar aniqlash quydagi tartibda bo'ladi:
1. Hakamlar 100 ballik shkala bo'yicha ball qo'yadi;
2. Obunachilarning ovozlariga qarab(layklar soni). Ishtirokchi to'plagan layklar sonini 10 ga bo'lib ballga o'tkaziladi.
Masalan: ishtirokchining loyihasiga hakamlar 100 balldan 70 ball qo'yishdi va obunachilarning ovozi(layklar soni) 500 ta 500%10=50 ball. Umumiy ball 70 + 50 = 120 ball.
Hammaga omad tilaymiz.
Kanalga o‘tish -> https://t.me/a_sobirkhonov;
https://t.me/Transformers_Edu