Tovuqli pirog🤤

Tovuqli pirog🤤


200 gr margarin

200 gr smetana

1 ta tuxum

1 choy qoshiq razrexlitel

Tabga koʻra tuz

Un

1 ta pomidor

300 gr tovuq sonining goshti

2 ta piyoz

100 gr sir

50 gr saryog

Kokat

Tabga koʻra tuz

Murch, paprika

Hona haroratida turgan margarinni un va razrexlitel bilan urvoq qilib olamiz. Ustidan smetana, tuxum solib oʻrtacha yumshoqlikdagi hamir qoramiz.

 Boshqa idishda tovuq filesi,ukrop,pomidor va piyozni mayda kubik shaklida toʻgʻrab, tuz, murch, paprika, saryog solib aralashtirib qoʻyamiz.

Tingan hamirimizni ikkiga boʻlib (katta, kichik) yoyib olamiz, orasiga nachinkamizni solib ustidan ikkinchi hamirimizni qoyib videoda koʻrsatilgandek tugib chiqamiz. Ustidan tuxum sarigʻi surtib, iz tushirib kunjut sepib 180 gradusga 40 daqiqaga pishirish uchun pechga yuboramiz.

imraaan.maryaaam sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page