Tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

Tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi


#Bir_murojaat_izidan 

Adliya vazirligiga “Rasulov Abduzokir” xususiy korxonasiga tegishli muhofazaga olingan “CHIG‘ATOY” so‘zli ko‘rinishdagi tovar belgisidan (MGU 24505-son guvohnoma) “A. CH” MChJ tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida tovar belgisidan “A. CH” MChJ tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotganlik holati aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etildi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida “A. CH” MChJ rahbari fuqaro J.M.Mning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi ikkinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lib, fuqaro tomonidan o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilgan deb topdi. Sudning qarori bilan “A. CH” MChJ rahbari fuqaro J.M.Mga belgilangan tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Report Page