"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi Anvar Djurayev, Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB boshligʻi Rafiqjon Jaliliov boshchiligida, Idoralararo tezkor shtab a'zolari, avtobus saroyi filiallari rahbarlari, mas'ul xodimlar va haydovch…

"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi Anvar Djurayev, Toshkent shahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB boshligʻi Rafiqjon Jaliliov boshchiligida, Idoralararo tezkor shtab a'zolari, avtobus saroyi filiallari rahbarlari, mas'ul xodimlar va haydovch…


Yig'ilishda joriy yilning o'tgan 11 oyi davomida avtobuslar bilan sodir bo'lgan 94 ta yo'l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, shuningdek, ulardan avtobus haydovchilarining aybi bilan sodir etilgan 60 ta yo'l-transport hodisalarining tahlili hamda yo'l harakati qoidalari buzilishi oqibatida haydovchilarga kelgan jarima qarorlari (videolari) aks etgan lavhalar namoyish etildi. 

Bundan tashqari fuqarolar va yo'lovchilardan kelib tushayotgan tanqidiy murojaatlar (ijtimoiy tarmoqlar va ishonch raqami orqali) ham o'rganilib, haydovchi va chiptachilarning yo'nalishda yo'lovchilar bilan xushmuomalada bo'lishlari, yo'lovchi tashish qoidalariga qat'iy amal qilishlari harakat davomida uyali aloqa telefonidan foydalanmasliklari yuzasidan alohida ko'rsatmalar berib o'tildi.

Yig'ilish so'ngida, yo'lovchi tashishda namunali xizmat ko'rsatib, yo'lovchilarning minnatdorchiligiga va ijobiy fikrlariga sazovor bo'lgan, avtobuslarda joylashtirilgan maxsus QR-kodlar orqali haydovchining faoliyatiga ijobiy baho berilga ya'ni 5 ta yulduzcha orqali baholangan 11 nafar avtobus haydovchisi boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.


✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

Report Page