Toshkentda yangi multibrendli avtomobil kompleksi va avtomobil onlayn-marketpleysi (savdo maydonchasi) tashkil etiladi

Toshkentda yangi multibrendli avtomobil kompleksi va avtomobil onlayn-marketpleysi (savdo maydonchasi) tashkil etiladi

UzAuto

Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri Alixon Smailovning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida UzAuto va Allur Group AJ (Qozog’iston) o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi tufayli amalga oshirildi.  

Oʻzbekistonda yangi koʻp funksiyali avtokompleks hamda eski avtomobillarni sotish va almashtirish uchun onlayn-marketpleys loyihasini amalga oshirish 150 dan ortiq ish oʻrnini yaratish imkonini beradi.

Ko’p funksiyali sotuv kompleksi avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ilg’or jihozlarga ega zamonaviy markaz bo’ladi. Marketpleys mijozlarga Trade-In dasturi bo’yicha xizmatlarni, shuningdek, turli brendlarning probegli avtomobil modellarini sotib olish imkonini beradi. 

Qozog’iston hukumat rahbarining O’zbekistonga tashrifi doirasida UzAuto qozog’istonlik hamkorlar bilan umumiy qiymati 650 million dollardan ortiq bo’lgan shartnoma imzoladi. Bu nafaqat Qozog’iston hududida, balki O’zbekistonda ham hamkorlikni sezilarli darajada kengaytiradi. 

Eslatib o’tamiz, UzAuto Qozog’istonda avtomobillar, avtobuslar va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish kabi bir qator yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Telegram / Facebook / Instagram

Report Page